Abu Abdulloh Muhammad al-Varoq al-G‘unjoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Abu Abdulloh Muhammad al-Varoq al-G‘unjoriy

Tavalludi

Vafoti

1022

Falsafa maktabi


Abu Abdulloh Muhammad al-Varoq al-G‘unjoriy — (?—1022) — buxorolik alloma va muhaddis. Hazrat Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Bakr al Buxoriy al Varroq al G‘unjoriy hofiz (yani Qurʼonni to‘la yodlagan), olim, orif, muarrix, valiyulloh, muhaddis boʻlgan. U Xoja G‘unjoriy nomi bilan mashhur bo‘lib, „Tarixi Buxoro“, „Farz amallari kitobi“, „Sahobalar kitobi“ asarlarining muallifi hisoblanadi. Xoja G‘unjoriyning „Buxoro tarixi“ kitobi arab tilida yozilgan. Unda Imom Buxoriy hayotlariga doir boblar, shuningdek, Buxoro obidalari tarixiga doir maʼlumotlar mavjud. Xoja G‘unjoriy quydagi olimlardan hadis o‘rgangan: Abu Solih ibn Muhammad al-Xayyom, Muhammad ibn Muhammad ibn Sobir al-Buxoriy, Salx ibn Usmon, as Sullamiy, Abu Ubayd Ahmad ibn Urva al Karminiy, Muhammad ibn Hafs ibn Aslam, Ibrohim ibn Horun al-Muloximiy, Al Hasan ibn Yusuf Yaʼqub. Xoja G‘unjoriy hadis yig‘moq maqsadida boshqa shaharlarga safar qilgan. Ko‘plab tarixiy asarlarda, jumladan, Mullozodaning „Tarixi Mullozoda“, Nosiriddin To‘raning „Tuhfat az-zoirin“, Shamsiddin Zahabiyning (1274—1348) „Mashhur allomalar siyrati“,Tojiddin as Saboqiyning (1327—1370) „At Taboqot ash Shofeʼiya va kubro“, al Xabib al Bag‘dodiyning (1002—1071) „Tarixi Bag‘dod“ kitoblarida Xoja G‘unjoriyning „Buxoro tarixi“ kitoblaridan misollar, tarixiy dalillar keltirilgan. Lekin Xoja G‘unjoriyning mashhur „Buxoro tarixi“ kitobi hozircha topilmagan. Xoja G‘unjoriy 1022 yil vafot etgan[1]. „Tuhfat az-zoirin“ asarida yozilishicha, Ismoil Samoniy mozorining janubiga qarab borilganda Hazrat Xoja G‘unjoriy qabrlari chiqadi[2]. Hozirgi kunda Hazrat Xoja G‘unjoriy qabri Buxoro shahri Mir Do‘stim ko‘chasida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet. 
  2. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204 bet.