Absattar Smanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smanov Absattar Shakiruli
qozoqcha: Абсаттар Шәкірұлы Сманов'
Tavallud sanasi: 1966-yil
Tavallud joyi: Chimkent viloyati, Sariagʻash tumani, Lenin sovxozida (hozirgi Turkiston viloyati, Sariagʻash tumani, Jartitoʻbe QFY, Intimaq qishlogʻi)
Vafot sanasi: 2016-yil
Vafot joyi: Turkiston viloyati, Sariagʻash tumani
Dini: Islom dini
Bolalari: 5 oʻgʻil, 1 qizi

Tafsilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smanov Absattar Shakiruli 1966-yil 5-oktabrda Chimkent viloyati, Sariagʻash tumani, Lenin sovxozida (hozirgi Turkiston viloyati, Sariagʻash tumani, Jartitoʻbe QFY, Intimaq qishlogʻi) tugʻilgan.

Oilasi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻja urugʻining Seyit boʻlimidan chiqqan.

Otalaridan 8 aka-uka, 3 opasi va 1 singlisi, katta akasi Abdishukir vafot etgan, undan keyingisi ukasi Abdujappar, ukasi Abdugʻappar.

Bolalik payti; 5 oʻgʻil, 1 qizi bor, barchasini ilmli, iymonli qilib voyaga yetkazgan, oʻgʻil-qizlariga Allohning ulugʻ kitobi Qur’oni karimdan yodlatib, ezgu dinimizni oʻrgatib ketkan.

Martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda M.I.Kalinin nomidagi oʻrta maktabga borib, uni 1983-yilda tamomlagan.

1984-1986-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan.

1987-yilda erkin kurashdan sport ustaligiga nomzodlikni bajardi.

1987-1989-yillari Qajimuqan Mungaytpasov nomidagi Sariagʻash bolalar va oʻsmirlar sport maktabida qozoq kurashi boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan.

1989-1993-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahridagi Imom al-Buxoriy nomidagi Oliy islom institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1994-yildan 2010-yillar oraligʻida „Tayaqti eshon“ masjidi yonida „Ubay ibn Kaʼb“ madrasaga rahbarlik qildi.

2002-2004-yillari Abay nomidagi Qozoq Milliy pedagogika universitetining magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2009-yildan QMDB qoshidagi Ulamolar kengashi aʼzosi.

2008-2010-yillarda Qur’oni Karimning qozoq tiliga toʻliq tarjimasini yozgan.

2010-yil 29-aprelda QMDB raisi, bosh muftiy Absattor hoji Derbisali hazratning 221-sonli buyrugʻi bilan — Sariagʻash madrasasiga mudiri etib tayinlangan.

2010-yildan „Sariagʻash madrasasi“ direktori oʻrinbosari.

2011-yil 17-may „Ruhoniyat“ Xalqaro musulmonlar universitetining ilmiy kengashiga ilohiyot professori ilmiy unvoni berildi.

2015-yili Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyev, Smanov Absattar Shakirulni Qozogʻiston Respublikasining milliy birlikni mustahkamlash, tinchlik va totuvlikni saqlash yana maʼnaviy madaniyatni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Qozogʻiston xalqi Assambleyasining „Birlik“ jamoat oltin medali bilan taqdirladi.

2015-yili Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi FOTIH SULTAN MEHMET VAKIF universitetida boʻlib oʻtgan anjumanda maʼruza qildi.

2016-yilda „Sariagʻash madrasa kolleji“ning direktori etib tayinlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]