Abraziv materiallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abrazivlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abraziv materiallar, abra-zivlar (lot. abrasio – qirtishlamoq) – mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqa tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sun’iy xillarga bo‘linadi. Olmos, korund, kvars va boshqa tabiiy; elektr ko-rund, kremniy karbid (karborund), bor karbidlar sun’iydir. Sanoatda sun’iy Abraziv materiallar keng qo‘llaniladi. Sun’iy korund yoki elektr korund, asosan, alyuminiy (Sh)-oksiddan iborat, u tabiiy jinslar (giltuproq va boshqalar)ni elektr pechlarda eri-tib olinadi. Elektr korund juda qattiq material, 2050°S gacha temperaturaga chidaydi. Birmuncha qovushoq, o‘tkir qirrali dona-chalar tarzida uvalanadi. Elektr korund tarkibida alyuminiy (Sh)-oksid ko‘paysa, qattiqligi va qovushoqligi ortadi. Tar-kibidagi alyuminiy (Sh)-oksidning miqdoriga ko‘ra elektr korundlar ikki xil bo‘ladi: 1 – oq elektr korund (98 – 99%, shartli belgisi – EB), 2 – normal elektr korund (91%dan kam emas, shartli belgisi – E). Kremniy karbid elektr pechda qum va toshko‘mir aralashmalariga kremniy karbid hosil bo‘lishini tezlash-tiruvchi qo‘shimcha materiallar qo‘shib, 1800 – 1850°S gacha qizdirib olinadi. Kremniy karbid elektr korundga nisba-tan ham qattiq, ham mo‘rt. Kremniy kar-bid ikki xil bo‘ladi: 1 – qora kremniy karbid (qum – 95% dan 97% gacha, shart-li belgisi – K4), 2 – ko‘k yashil kremniy karbid (qum – 97%, shartli belgisi – K4). Bor karbid qattiqligi olmosga yaqin material. U texnik borat kislota va neft koksidan iborat shixtani eri-tib olinadi. Qo‘ng‘ir-qora rangli kukun tarzida ishlab chiqariladi.Abraziv asboblarning xillari: 1 – Yassi silliklash doirasi; 2 – konus do-ira; 3 – o‘ymali disk; 4 – silliqlash diski; 5 – halqa; 6 – silindrik kosacha; 7 – konussimon kosacha; 8 – minerallar uchun mo‘ljallangan silindrik; 9 – si-lindrik silliklash kallagi; 10 – ko-nussimon; 11 – gumbazeimon; 12 – sharsimon; 13 – kvadrat shaklli cho‘zinchoq; 14 – uch qirrali; 15 –doiraviy; 16 – pichoqsimon; 17 – trapesiya shaklli; 18 – qavariq-botiq; 19 – xoninglash uchun mo‘ljallangan qayroqtosh.Abraziv materiallarning asosiy ko‘rsatkichlari: qattiqligi (MN/m2), mustahkamligi va qovushoqligi, abraziv donalarining shakli, abrazivlik (jilvirlash) xususi-yati, donadorligi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abraziv materiallar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil