Abdusattor Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abdusattor Rahimov (1920.20.12 Namangan – 1992.2.6) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1941-yildan armiyada. 114oʻqchi polki (Voronej fronti, 38-armiyaning 340-oʻqchi diviziyasi)ning toʻpchisi. 1943-yil 11-sentabr ga oʻtar kechasi dushmanning kuchli oʻq yomgʻiri ostida Kiyev viloyatining Vishgorod rnidagi Borki qishlogʻi yaqinida Dnepr daryosini birinchilardan boʻlib kechib oʻtgan. 1944-yil 10-yanvarda Qahramon unvoni [1]. Urushdan soʻng Namangan shahrida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Namangan shahridagi koʻchalardan biri Rahimov nomi bilan atalgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 10 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 19 января (№ 3 (263)). — С. 1
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]