Abdusattor Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdusattor Qodirov (1895-yili tug‘ilgan, Kosonsoy rayoni Koson qishlog‘idan, sobiq quloq, 1933-yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun javobgarlikka tortilgan, suddan yashiringan, hibsga olingunga qadar aniq mashg‘uloti bo‘lmagan) 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937-yil 28-avgustdan hisoblangan. Kolxozchilar orasida doimiy ravishda targ‘ibot olib borganlikda, kolxozlardagi ocharchilik to‘g‘risida aksilinqilobiy ig‘vogarlik mish-mishlar tarqatganlikda, xotin-qizlar ozodligiga qarshi fikr bildirganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 163 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.