Nabi Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdurahmonov Nabi Qayumovichdan yoʻnaltirildi)

Nabi Qayumovich Abdurahmonov (1958.7.11, Toshkent) — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1980). „Yosh gvardiya“ teatrida rejissyor (1980-88). 1988-yil „Dard“ teatr-studiyasini tashkil qildi. 1991-yildan Oʻzbekiston Yoshlar teatri badiiy rahbari va bosh rejissyori. A. teatrda chuqur ramziylik va ayni vaqtda mantiqiylikka yoʻgʻrilgan oʻziga xos spektakllar sahnalashtirdi: „Zoʻraki tabib“ (Molyer), „Malikai Turandot“ (K.Gotssi), „Iblis ayol“ (P.Merime), „Ekvus“ (Sheffer), „Gugurt tutgan qizcha“ (Andersen), „Te-vye sutchi“ (Sh. Aleyxem), „Umar Xayyom yulduzlari“ (T.Zulfiqorov, 1998, „Yilning eng yaxshi spektakli“ deb baholangan), „Xolstomer“ (L.Tol-stoy), „Ato etilgan muhabbat tariqa-ti“ (Navoiyning „Lison-ut-tayr“ dos-toni asosida; „Yilning eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyasi boʻyicha „Ofarin“ mukofotini olgan) va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil