Abduqodir Yuldashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abduqodir Daminovich Yuldashev(1924-yil 13-fevralda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi Xonobod qishlogʻida tavallud topgan) — iqtisodiy, davlat va siyosiy arbob. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodir Daminovich Yuldashev 1921-yil 13-fevralda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Xonobod qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan[1].KPSS aʼzosi. Sovet Ittifoqi Qahramoni Abdulaziz Yo'ldoshevning ukasi.

1942-yil iyun oyidan boshlab Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. Abduqodir Yuldashev Smolensk va 1-Boltiq frontlarida jang qilgan. 1945-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshlagan. 1945—1975-yillarda — maktabda harbiy xizmatchi[2], Andijon viloyatida Komsomol tumani xodimi, Toshkent sovet partiya maktabi oʻquvchisi[3], Oʻzbekiston Kompartiyasi Xoʻjaobod tuman qoʻmitasi kotibi[4], Xalq deputatlari Lenin tuman Kengashi raisi boʻlib ishlagan[5][6].Abduqodir Yuldashev 1973-yil „Oktyabr inqilobi“ ordeni,1965-yil „Qizil Yulduz“ ordeni va 1957-yil „Shon-sharaf belgisi“ ordeni, Faxriy nishon ordeni Jasorat medali bilan taqdirlangan. Andijon viloyati mehnatkashlari, Oʻzbekiston CP Marhamat raykomining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 7—8-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jasorat medali
  • 1973-yil 12-oktyabrda „Oktyabr inqilobi“ ordeni.
  • 1965-yil 3-yanvarda „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni.
  • 1945-yil 3-dekabrda „Qizil Yulduz“ ordeni[7].
  • 1957-yil 1-noyabrda „Shon-sharaf belgisi“ ordeni[8].
  • Faxriy nishon ordeni.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodir Daminovich Yuldashev 1985-yilda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. UPK
  2. Medal Za otvagu
  3. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov Uzbekskoy SSR“ ot 01.03.1965 // Andijanskaya pravda. — 3 marta 1965
  4. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 10.12.1973 // Андижанская правда. — 27 dekabrya 1973
  5. Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Sedmoy soziv. — T.: Uzbekiston, 1968. — S. 50
  6. Naselenie Leninskogo rayona v 1970 godu — 134316 chelovek
  7. Pamyat naroda
  8. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR o nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR kolxoznikov, rabotnikov MTS i sovxozov, spesialistov selskogo xozyaystva, partiynix, sovetskix, profsoyuznix i komsomolskix rabotnikov Uzbekskoy SSR ot 11 yanvarya 1957 goda