Vassof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vassof, Abdulloh ibn Fazlulloh Sheroziy (13-asr 2-yarmi — 14-asr 1-choragi) — tarixchi, Vassof al-Hazrat — "Oliy hazratlarining vasf qiluvchisi" laqabi bilan shuhrat qozongan. Erondagi Hulokuiylar davlatining moliya devonida xizmat qilgan. 1328 y. "Tajziat alamsor va tazjiyat al-aʼsor" ("Viloyatlarning boʻlinishi va asrlarning oʻtishi") nomli tarixiy asarini yozib tugatgan. U "Tarixi Vassof" ("Vassof tarixi") nomi bilan mashhur boʻlib, 5 qismdan iborat. 1257 y.dan 1328 y.gacha boʻlgan davrni qamrab olgan. Asar Eron tarixi uchun qimmatli manba hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil