Abdulla Tolipovich Ayupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayupov Abdulla Tolipovich (1923.10.1, Toshkent) – faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1980), professor (1983). 1941-45-yillardagi urush qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan (1949). Universitetda oʻqituvchi (1952– 55), do-sent (1955-yildan). Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi OʻzMU) gumanitar fakultetlar falsafa kafedrasining mudiri (1962–92), kafedra professor (1992-yildan). A. Toshkent Davlat Universiteti falsafa boʻlimi, keyin fakultetini tashkil etishda boshchilik qilgan. Ilmiy asarlari falsafa tari-xi, barkamol insonni tarbiyalash, ma’naviyatni shakllantirish masalalariga oid. Falsafa fani boʻyicha darslik, oʻquv qoʻllanma va dasturlari nashr etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil