Abdulla Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulla Sultonovich Sultonovdan yoʻnaltirildi)

Abdulla Sultonovich Sultonov (1913.13.3 Toshkent 1983.26.10) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Kimyo fanlari doktori (1964), professor (1966). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1935), shu universitet organik kimyo kafedrasida assistent (1935—40), dotsent (1940—47). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1947—59). Polimerlar kimyosi ilmiy tadqiqot institutida direktor muovini (1959— 63). Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot instituti direktori (1964—78), laboratoriya mudiri (1978—83). Asosiy ilmiy ishlari neftni kayta ishlash va neft kimyosi sanoati organik katalizi muammolariga oid. S. gidrokreking, gidrooltingugurtsizlash, gidrogenizatsiya, gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash va boshqa kimyoviy jarayonlarda qoʻllanadigan katalizatorlarning yangi turlarini sintez qilgan. Karbon kislotalarni dekarboksillash va biologik faol katalizatorlarni qoʻllashning nazariy asoslarini ishlab chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ximicheskaya teoriya kataliza D.I.Mendeleyeva i dalneyshiye yeyo razvitiya, T.. 1961.