Abdusattor Abdukarimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdukarimov Abdusattordan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abdukarimov Abdusattor (1942.4.4, Chinoz tumani) – biolog va genetik olim. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), biol. fanlari doktori (1979), professor (1990). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo institutida katta ilmiy xodim (1972–78), Mole-kulyar biologiya (1978 yildan) xavda Gen va hujayralar injeneriyasi biotexnologiyasi (1982 yildan) laboratoriyalari mudiri, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biol. ilmiy tadqiqot instituti di-rektori (1992 yildan). A. tireoid gormo-nini bog‘lovchi oqsil molekulasi – re-septorni ajratib oldi, uning funksiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rgandi. Qator genlar ajratib olish, vektor molekulalar konstruksiyasini yaratish, yakka hujayradan sun’iy sharo-itda o‘simlik yetishtirish bilan bog‘liq ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil