Abak
Abak, abaka (lat. abacus — taxta, hisob taxtasi) — 1) antik meʼmoriy orderlardagi kapitel (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementnk koʻtarib turadi. Abak odatda kvadrat shaklida, uning chekka qismlari toʻgʻri yoki bir oz botiq, holda uchraydi; 2) Yunonistonda, keyinchalik Fapbiy Yevropada 18-asrgacha arifmetik amallarni yechishda qoʻllanilgan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va h. k.ni surib, amallar yechilar edi. Hozirga qadar baʼzi Sharq mamlakatlarida Abakka oʻxshash sanoq tax-tachalari qoʻllaniladi. Hisoblarda ish-latiladigan choʻt ham Abak turidir; 3) no-mografiyada Abak sonli belgilari boʻlgan maxsus chizma, muhandislik hisoblari uchun ishlatiladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |