AIR indeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AIR Index - bu 2019-yil fevral oyida Allow Independent Road-testing (AIR) tomonidan joriy qilingan avtotransport vositalarining emissiya darajasini baholash tizimi. Tizimning maqsadi avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga ta'sirini shaffof NOx emissiya testlari yordamida iste'molchilarga va siyosatchilarga ishonchli tarzda xabar berilishini qo'llab-quvvatlash.

Qisqacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indeks ortida Buyuk Britaniyada joylashgan notijorat tashkiloti[1][2] AIR guruhi turadi. Ular davlat va xususiy tashkilotlardan jamlangan olimlar, akademiklar va iqtisodchilarning uyushmasidir. Bu uyushma iste'molchilar va siyosatchilarga avtotransport vositalarining shahar havosi sifatiga salbiy ta'sirini kamaytirishga yordam beradigan erkin va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishni o'ziga maqsad qilib olgan.[1]AIR asoschilaridan biri Nik Molden shunday degan: "Yo'llarda havoga ajralib chiqayotgan zarali moddalarning sinovlari natijalarini shaffof nashr qilish havo sifatini yaxshilashning eng samarali usulidir".[1] Uning yana bir kasbdoshi Massimo Fedeli shunday deydi: "Bu shaharlar va shaharchalardagi avtomobillarning haqiqiy ajratayotgan zaharli gazlar haqida tushunarli ma'lumot beradi". [3] AIR asoschilarining maqsadlari bu Euro NCAP sxemasi haqiqiy hayotda transport vositalarining xavsizligi ustiga ta'siri qanchalik bo'lgan bo'lsa AIR Index sxemasi ham haqiqiy hayotda transport vositalarining zarali gazlari ustiga ta'siri ham shunchalik bo'lishidir.[3]

Avtomobilni baholash va reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

AIR indeksi alohida avtomobil modellariga A, B, C, D yoki E reytingini beradi va shunday ketma-ketlikda yashil, sariq-yashil, sariq, sarg'ish yoki qizil ranglari bilan kodlaydi. (Evropa Ittifoqi energiya yorlig'i tizimi maishiy texnikalarni kodlashga kabi).[2] Ushbu reytinglar quyidagi manbalar orqali tartiblanadi. Bular shaffof tarzda o‘lchanadigan avtomobilning azot oksidi (NOx) emissiyasi va kamida ikkita mustaqil tarzda o'lchanadigan haqiqiy shahar harakatlanish holatlarida ko‘chma chiqindilarni o‘lchash tizimi (PEMS) tizimi mavjud manbalar.[2][3][4]

Reyting har bir kilometrga to'gri keluvchi milligramm (mg/km) NOx miqdoriga asosan quyidagicha taqsimlanadi: A (yashil) = 0-80, B (sariq-yashil) = 80-168, C (sariq) = 168-270, D (sarg'ish) = 270-600 va E (qizil) = 600 va undan ko'proq. [4]

AIR Index sxemasi tatbiq etilganda Evro 6 ga mos keladigan oltita avtomobilning reytinglari e'lon qilingan edi. [3]

AIR indeksining birinchi oltita reytingi
Model Yil Yoqilg'i AIR indeks

reytingi

Land Rover Discovery 3.0 TD6 2018 Dizel A
Nissan Qashqai 1.2 DiG-T 2017 yil Benzin B
Mini Cooper SD 2015 yil Dizel C
Dacia Duster 1,5 dCi 2018 Dizel D
Ford Focus 1.5 TDCi 2017 yil Dizel D
Renault Clio 1,5 dCi 2017 yil Dizel E

Diyezelgait mojarosiga munosabatda AIR indeksi va uning ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volkswagen Dieselgate mojarosining dastlabki dalillarini topgan G'arbiy Virjiniya universiteti jamoasi rahbari, muqobil yoqilg'ilar, dvigatellar va emissiya markazi direktori Den Karder shunday degan edi: "Agarda AIR indeksi 15 yil oldin hayotga tatbiq etilmaganda edi, Dizelgeyt ishi bo'lmagan bo'lar edi." [4]

Jaguar Land Rover (JLR) qatnashishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaguar Land Rover (JLR) Yevropada birinchi bo'lib 2019-yil mart oyida o'z markalaridan bo'lgan yangi mashinalarni sinovdan o'tkazish uchun taqdim etdi.[5]

Yangi JLR avtomobil reytinglari (Evro 6 80 mg/km NOx emissiyasigacha ruxsat beradi)
Model Yil Yoqilg'i NOx
miqodi
(mg/km)
AIR indeks
reytingi
Jaguar E-Pace HSE 2.0I 180 ot kuchi 2019 Dizel 14 A
Land Rover Range Rover Evoque TD4 2.0I 180 ot kuchi 2019 Dizel 17 A
Land Rover Discovery 3.0 TD6 HSE 2018 Dizel 33 A
Land Rover Discovery Sport 2.0I 180 ot kuchiga ega 2019 Dizel 34 A

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Odgen, Chris „AIR alliance launches new vehicle emissions ranking system“ (2019-yil 28-fevral). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 Ryan, Andrew „Air Index launches on-road, independent guide to tailpipe emissions“ (28/02/2019). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Aucock, Richard „Land Rover excels in new car NOx emissions AIR index – but Renault slammed“ (2019-yil 28-fevral). 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 Shale-Hester, Tristan „New AIR Index car emissions system launches with red, amber and green ratings“ (2019-yil 28-fevral). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  5. „JLR tests new cars with AIR index, new diesel engines among cleanest for NOx emissions“ (2019-yil 7-mart). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy sayti