Geksametilendiamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(6nh2dan yoʻnaltirildi)

Geksametilendiamin, NH,(CH2)6NH2— organik birikma, kuchsiz ammiak hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 116,21. Suyuqlanish temperaturasi 39—42°, qaynash temperaturasi 204—205°, zichligi 825 kg/m3. Suv, spirt, efir va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. G. va uning suvdagi eritmalari havodan karbonat angidrid yutadi (2% li 1 hajm eritma 20° da 11,7 hajm). G. ali-fatik aminlarga xos barcha kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Oltin, kumush, mis, platina va b. metallarning tuzlari bilan qiyin eruvchan rangli kompleks birikmalar beradi. Karbon va mineral kislotalar taʼsirida tuzlar, mas, digidroxlorid (suyuqlanish temperaturasi 258°) va digidrobromid (suyuqlanish temperaturasi 263°) hosil qiladi. G. sanoatda adipin kislota dinitrilini mis-kobalt katalizatori ishtirokida kaytarish usuli bilan olinadi: StaC— (CH2)4-CsN+4Hj-*NH2(CH2)6NH2. G. poliamid tola (naylon) i.ch.da muhim xom ashyo hisoblanadi. U ingibitor, katalizator sifatida va b. maqsadlarda ham qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil