5-hujum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
5-hujum
The 5th Wave
5th-Wave poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor J Blakeson
Produser
Ssenariynavis(lar)
  • Susannah Grant]l
  • Akiva Goldsman
  • Jeff Pinkner
Rollarda
Bastakor Henry Jackman
Kinematografiya Enrique Chediak
Muharrir Paul Rubell
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Distributor Columbia Pictures
Premyera
  • 22-yanvar, 2016-yil(2016-01-22)

(AQSh)

Davomiyligi 112 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $38–54 million[3][4]
Daromad $109.9 million[3]

5-hujum (inglizcha: The 5th Wave) — 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, J Blakeson tumanidan suratga olingan hamda Columbia Pictures tomonidan tarqatilgan ilmiy fantastika janridagi Amerika filmidir.[3]

5-hujum filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 22-yanvar 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $38–54 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $110 millionga yaqin daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Sujet[tahrir]

Ilk bor AQShning Ohio shtati o‘zga sayyoraliklarning hujumiga uchraydi. Keyinchalik esa o‘zga sayyoraliklarning hujumi butun Yerni qamrab oladi. AQSh hukumati oiladagi erkaklar va ayollarni alohida-alohida lagerlarga joylashtiradi. Ogayoda yashovchi yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan Cassie Sullivan ham otasi va ukasi Sam bilan lagerga ketishga tayyorgarlik ko‘radi. Onasi esa shifokor bo‘lib, o‘zga sayyoraliklarning 3chi hujumi — qushlar orqali tarqatilgan yuqumli kasalliklardan so‘ng vafot etadi. Sullivan ukasining ayiq o‘yinchoqchasi uyida qolib ketganligi tufayli lagerga boradigan avtobusdan qolib ketadi. U ukasining yoniga borish uchun o‘rmonni kezadi. Ammo, u kezayotgan chog‘da otasini uchratadi va otishmaga guvoh bo‘ladi. Otishmani ko‘rib, darhol qochadi. Uning niyati ukasi Samʼni topish. Lagerni tashkillashtiruvchilar o‘zga sayyoraliklar bo‘lib, ularning maqsadi bolalarni o‘zga sayyoraliklarga qarshi tayyorlab, o‘zlarini qirishga majbur qilish edi. Bu jarayon o‘zga sayyoraliklarning 5chi hujumi edi. Oxir-oqibat, film so‘ngida, Cassie Samni topadi va o‘sha yerdagi bolalar bilan birgalikda o‘zga sayyoraliklarning 5chi hujumi bilan birga o‘zlarini ham yo‘q qiladi.

Rollarda[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Windsor, Harry „'The 5th Wave': Film Review“. The Hollywood Reporter (14-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 1-iyun 2017-yil.
  2. THE 5TH WAVE (15)“. British Board of Film Classification (20-dekabr, 2015). Qaraldi: 19-yanvar, 2016.
  3. 3,0 3,1 3,2 „The 5th Wave (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 12-may 2016-yil.
  4. FilmL.A. „2016 Feature Film Study“, May 2017.. 

Havolalar[tahrir]