Xinolin
Qiyofa
(3benzopirid indan yoʻnaltirildi)
Xinolin (2,3-benzopiridin, C9H7N) – geterotsiklik birikma; oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Molyar massasi 129,16 g/mol. Qaynash temperaturasi 237 °C; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. Xinolin – kuchsiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkoʻmir smolasida boʻladi. Sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Oltingugurt, fosforni eritishda, aromatik kislotalarni dekarboksillashda va boshqa reaksiyalarda ishlatiladi. Xinolin hosilalari (masalan, plazmotsid, plazmoxin, sovkain, atofan va boshqalar) tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi. Xinin sianin boʻyagichlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi; koʻpgina alkaloidlar xinin hosilalaridir.O'qimela rasvo ma'lumotlar,buni yozgan odam ham
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |