26-otilmasin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
26-otilmasin
В 26-го не стрелять
Rejissyor(lar) Ravil Botirov
Ssenariynavis(lar) Eduard Arbenov, Lev Nikolayev, Ravil Botirov
Rollarda

Tugan Redjimetov

Svetlana Norbayeva
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Studiya(lar) „Oʻzbekfilm“
Chiqarilgan sanasi 1966
Davomiyligi 95 min.
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR
Til ruscha

26-otilmasin — 1966-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida Eduard Arbenov va Lev Nikolayevning „Feniks“ romani asosida rejissor Ravil Botirov tomonidan suratga olingan sovet badiiy filmi.

Filmning premerasi 1967-yil 2-iyunda boʻlib oʻtadi.

1960-yillarning eng mashhur sovet filmlaridan biri razvedkachilar haqida edi[1]. 1967-yilda 32 million 900 ming tomoshabin sabab ushbu film Sovet prokatining yetakchisiga aylanadi[2].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1943-yil, Berlin. Sovet josusi Turkiston muhojirining yaqinda vafot etgan rahbari M.Shokayaning jiyani Said Islombek deb oʻzini tanishtiradi. Shundan keyin josus idoraviy kelishmovchiliklardan foydalanib, u maxfiy razvedka maktabining instruktori boʻlishga va Sovet qoʻmondonligiga qoʻporuvchilik guruhining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishga muvaffaq boʻladi. U koʻngilli yordamchisi Nadiya Islombek orqali keng koʻlamli operasiya haqidagi maxfiy hujjatlarga ega boʻladi. Dushman razvedkasi defektorlar orasida agent borligini taxmin qilmoqda. Buni sezib qolgan Nadiya (quvgʻindan qochib) derazadan sakrab oʻz joniga qasd qiladi. Shunda Said Islombek dushman qoʻshinini yoʻlini adashtirib oʻzini fosh qilishga majbur boʻladi va buning oqibatida u hayotiga zomin boʻladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Toʻgʻon Rejimatov — Said Islombek
  • Svetlana Norboyeva — Nadiya
  • Aleksandr Popov — Alisher
  • Kaarel Karm — Ditrix
  • Igor Klass — Brext
  • Ada Lundver — Rut
  • Javlon Hamroyev — Anvar
  • Garri Liyepinsh — Berg
  • Uldis Dumpis — rezident
  • Styaponas Kosmauskas — Gundt, qoʻporuvchilik maktabi direktori
  • Imantz Crenberg
  • Valentins Skulme — Gestapochi soʻroqda
  • A. Akabirov — Turkiston qoʻmitasi prezidenti

Suratga olish guruhida:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ssenariy mualliflari: Eduard Arbenov, Lev Nikolaev, Ravil Botirov
  • Rejissor — Ravil Botirov
  • Operator — Traiko Eftimovskiy
  • Bastakor — Rumil Vildanov
  • Rassom — Vadim Dobrin

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jurnal „Sputnik kinozritelya“, iyun 1967 goda. Avtor Tatyana Vasilevna Ivanova[3].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissor Ravil Botirov „26-otilmasin“ filmi uchun, aktyor Toʻgʻon Rejimatov Said Islombek roli uchun 1967-yilda Oʻzbekiston Lenin komsomol mukofoti sovrindori boʻlishadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

«В 26-го не стрелять» IMDbda