2019-yilgi Ambon zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ambon zilzilasi — 2019 -yil 26-sentyabr kuni Sharqiy Indoneziya vaqti boʻyicha 07:46:44 da (Grinvich boʻyicha 25-sentyabr 23:46:44 da) Indoneziyaning Maluku shahrida, Ambon provinsiyasi markazi yaqinida sodir boʻlgan zilziladir. Zilzila magnitudasi taxminan 6,5 ni tashkil etib, zilzila paytida kamida 38 kishi halok boʻlgan va 149 kishi jarohat olgan.

Zilzila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi (BMKG) maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri Ambon shahridan 42 km shimoli-sharqda joylashgan Seram oroli ostida joylashgan[1]. BMKG zilzila magnitudasi M = 6,8 deb xabar bergan boʻlsa, AQSH Geologik hizmati zilzila magnitudasi M = 6,5 deb xabar bergan[2]. Zilzila mahalliy vaqt boʻyicha 23:46:44 da sodir boʻlgan va uning epitsentri, USGS maʼlumotlariga koʻra, 18,2 km chuqurlikda joylashgan. BMKG, shuningdek, zilzila yer qatlamini koʻchishi natijasida sodir boʻlganligi haqida, ham xabar bergan. 27-sentyabr kuni ertalab BMKG 239 ta yer osti zarbalari aniqlangani haqida xabar bergan[3].

BMKG tsunami xavfi yoʻqligini taʼkidlagan boʻlsa ham, zilziladan soʻng Ambon aholisi vahimaga tushib, tsunami xavfidan qoʻrqib dengiz sathidan balandroq koʻtarilishga harakat qilishgan. Politsiya, evakuatsiya qilingan olomon orasida, baland ovozda „tsunami“ deb baqirgani uchun bir kishini hibsga olgan[4].

Koʻrilgan zararlar va yoʻqotishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy vaqt boʻyicha 27-sentyabr oqshomiga kelib, zilzila natijasida 23 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan, ular asosan qulagan binolar qoldiqlari ostida qolishgan[1][5]. Xabar qilinishicha, yuzdan ortiq odam jarohat olgan[6]. Qurbonlarning aksariyati Maluku markazida aniqlangan, u yerda 14 ta oʻlim qayd etilgan[7].

Ambondagi tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish boʻyicha mahalliy agentlik maʼlum qilishicha, zilziladan keyin 25 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarga koʻchirilgan, 224 ta uy vayron boʻlgan[8].

2019-yil 29-sentyabrda yana yetti kishining oʻligi aniqlangan yoki olgan jarohatlari tufayli vafot etganlar, natijada halok boʻlganlar soni 30 nafarga yetgan[9]. 30-sentyabrda yana toʻrt kishining oʻlimi eʼlon qilingan[10]. Vafot etganlar soni 2-oktabrda 36 taga, 4-oktabrda esa 38 taga yetgan[11].

Reaksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirgan va jabrlanganlarning tibbiy xarajatlarini hukumat toʻlab berishini aytgan[12]. Indoneziyaning Tabiiy ofatlarga qarshi qurashish milliy kengashi 1 milliard rupiya (taxminan 70 000 AQSh dollari) va logistika uchun 515 million rupiya ajratgan[13]. Ijtimoiy ishlar vazirligi yana 1,1 milliard rupiy ajratgan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Gempa Ambon: Magnitudo 6,8 dengan korban setidaknya 20 orang meninggal meninggal dunia“ (id). BBC (26-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  2. „M 6.5 - 10km S of Kairatu, Indonesia“. United States Geological Survey. Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  3. Santoso, Bangun. „BMKG Mencatat Ada 239 Kali Gempa Susulan di Ambon“ (id). Suara (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  4. „Polisi Amankan Seorang Pria yang Teriak Tsunami Saat Gempa Ambon“ (id). KOMPAS.com (26-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  5. „Bayi 8 Bulan Korban Gempa Ambon Meninggal Dunia“ (id). KOMPAS.com (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  6. Ramadhani, Erha Aprili. „BNPB Ralat Jumlah Korban Meninggal Akibat Gempa Ambon Jadi 19 Orang“ (id). Okezone (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  7. Banjarnahor, Donald. „Korban Tewas Gempa Maluku M 6,5 Capai 23 Orang“ (id). CNBC Indonesia (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  8. „Pasca-gempa Ambon, 25.000 Warga Mengungsi di 51 Lokasi, Ratusan Rumah Rusak“ (id). KOMPAS.com (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  9. Indonesia quake death toll rises to 30 — gov’t
  10. developer. „Korban Tewas Gempa Ambon Capai 34 Orang“ (id). medcom.id (2019-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  11. Media, Kompas Cyber „Korban Jiwa Gempa Maluku Bertambah Jadi 38 Orang Halaman all“ (id). KOMPAS.com. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  12. „Jokowi Pastikan Biaya Perawatan Korban Gempa Ambon Gratis!“ (id). detiknews (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  13. „BNPB Salurkan Bantuan Rp 1 Miliar untuk Penanganan Pascagempa Ambon“ (id). Jawa Pos (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  14. „Kemensos salurkan bantuan Rp 1,1 miliar untuk korban gempa Ambon“ (id). Kontan (27-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.