1984-yilgi Hoogovens Wijk aan Zee shaxmat musobaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Korchnoy va Beliavskiy bahsi.

1984-yilgi Hoogovens Wijk aan Zee shaxmat musobaqasi Tata Steel shaxmat musobaqasining 46-bor oʻtkazilishi edi. 1984-yilgi Hoogovens Wijk aan Zee shaxmat musobaqasi 1984-yil yanvar oyida Vijk aan Zee shahrida boʻlib oʻtdi. Turnirda shveysariyalik Viktor Korchnoy va Sovet Ittifoqi vakili Aleksandr Belyavskiy gʻolib chiqdi. Ular mos ravishda 10 ball toʻplashdi. Aynan bu ikki sportchi jahon chempionati saralash bahslarida ketma-ket chorak va yarim finalda Garri Kasparovga magʻlub boʻlgan edi[1]. Yugoslaviyalik grossmeyster Predrag Nikolich 7 1/2-5 1/2 hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.[2]. Korchnoy oʻzining yakuniy oʻyinini gollandiyalik grossmeyster John Van der Wielga qarshi oʻtkazdi va gʻalaba qozondi. 1984-yilgi Hoogovens Wijk aan Zee shaxmat musobaqasining oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, Viktor Korchnoy ilk bora Sovet Ittifoqi nomidan emas, balki Shveysariya nomidan ishtirok etdi. Chunki u Sovet ittifoqidan chiqarib yuborilgan edi[3].

Reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yildagi bahslar faqat A guruhida boʻlib oʻtdi. Nufuzli „A“ guruhida 14 nafar yetakchi shaxmatchi davra tizimida bahslashdi. Ishtirokchilar quyidagilar (Elo reytingi boʻyicha): Viktor Korchnok (2635), Ulf Andersson (2630), Robert Huebner (2620), Anthony Miles (2615), Andras Adorjan (2570), Predrag Nikolic (2570), Aleksander Beliavskiy (2565), Eugenio Torre (2565), Gennady Sosonko (2560), Vladimir Tukmakov (2550), John Van der Wiel (2515), Hans Ree (2480), Paul Van der Sterren (2475) va Gert Ligterink (2445). Ilk bahslar András Adorján va Predrag Nikolić oʻrtasida boʻlib oʻtdi va unda durang natijasi qayd etildi.

Musobaqa jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

46-Hoogovens shaxmat turniri, A guruhi, Yanvar 1984, Vijk aan Zee, Niderlandiya, [4]
Player Reyting 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Jami TPR O'rin
1  Aleksander Beliavskiy (SSSR) 2565 ½ 1 ½ ½ ½ ½ 1 1 1 1 ½ 1 1 10 2767 1–2
2  Viktor Korchnoy (Shveysariya) 2635 ½ 1 ½ ½ ½ ½ 1 1 1 ½ 1 1 1 10 2762 1–2
3  Predrag Nikolić (Yugoslavia) 2570 0 0 1 ½ ½ 1 0 ½ ½ 1 1 ½ 1 2613 3
4  Ulf Andersson (Shvetsiya) 2630 ½ ½ 0 ½ ½ ½ ½ ½ ½ ½ 1 1 ½ 7 2580 4
5  András Adorján (Vengriya) 2570 ½ ½ ½ ½ ½ ½ 1 ½ 0 ½ ½ ½ ½ 2556 5–9
6  Robert Hübner (Germaniya) 2620 ½ ½ ½ ½ ½ 1 0 0 ½ 0 ½ 1 1 2552 5–9
7  Vladimir Tukmakov (SSSR) 2550 ½ ½ 0 ½ ½ 0 ½ ½ ½ ½ ½ 1 1 2557 5–9
8  Anthony Miles (Angliya) 2615 0 0 1 ½ 0 1 ½ 1 ½ 0 ½ 1 ½ 2552 5–9
9  John van der Wiel (Niderlandiya) 2515 0 0 ½ ½ ½ 1 ½ 0 ½ 1 ½ ½ 1 2560 5–9
10  Gennadi Sosonko (Niderlandiya) 2560 0 0 ½ ½ 1 ½ ½ ½ ½ ½ ½ ½ ½ 6 2528 10
11  Hans Ree (Niderlandiya) 2480 0 ½ 0 ½ ½ 1 ½ 1 0 ½ 0 ½ ½ 2506 11
12  Eugenio Torre (Filippin) 2565 ½ 0 0 0 ½ ½ ½ ½ ½ ½ 1 0 ½ 5 2469 12
13  Gert Ligterink (Niderlandiya) 2445 0 0 ½ 0 ½ 0 0 0 ½ ½ ½ 1 ½ 4 2424 13
14  Paul van der Sterren (Niderlandiya) 2475 0 0 0 ½ ½ 0 0 ½ 0 ½ ½ ½ ½ 2388 14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chess: Korchnoi and Belyavsky Tie For Hoogoven Tourney Title“. www.nytimes.com. The New York Times. Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  2. „All-time Tournaments - Tata Steel Chess“. history.tatasteelchess.com. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  3. „Tata Steel Chess - Interview with the tournament director“. www.alinalami.com. Qaraldi: 9-oktabr 2022-yil.
  4. suenteus po 147. „Wijk aan Zee Hoogovens 1984“. chessgames.com (1984).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]