1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionati mavsumi Sports Car Club of America jamoasi tomonidan tashkil etilgan ochiq gʻildirakli, bir oʻrindiqli avtomobillar poygasining ilk mavsumi boʻlib, keyinchalik SCCA Continental Championship deb nomlanadi. 1967-yilgi chempionat SCCA Formula A, Formula B va Formula C avtomobillari uchun ochiq edi, ularning maksimal dvigatel hajmi mos ravishda 3,0 litr, 1,6 litr va 1,1 litr bilan cheklangan edi[1].

1967-yil iyun oyida SCCA qaroriga asosan 1968-yil 1-yanvardan boshlab 5 litr (305 kub dyuym) hajmgacha boʻlgan ishlab chiqarish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar, shuningdek, Formula A poyga mashinalari chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. Bu oʻzgarishlar poygalarning qizgʻin tarzda boʻlib oʻtishiga turtki boʻldi. Shuningdek, 1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionatida Ford jamoasi mutloq yetakchilik qilishdi. Kuchli o'natlikdan faqat bitta Kanadalik poygachi Peter Broeker joy oldi[2].

Poyga natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilgi SCCA Gran-pri chempionatida beshta poyga bahslari oʻtkazildi. AQSHlik poygachilar mos ravishda kuchli uchlikdan joy oldi. Gus Hutchison boshqa raqiblariga nisbatan katta farq bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Mike Hiss Gus Hutchisondan 24 ochko farq bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. U bilan bir xil natija qayd etgan Karl Knapp va Lou Sell qoʻshimcha natijalari pastligi sabab uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bosqich Sana Poyga Poyga trassasi Masofa Formula A gʻolibi

Formula A poyga mashinasi

Formula B gʻolibi

Formula B poyga mashinasi

Formula C gʻolibi

Formula C poyga mashinasi

1 May 14 Colorado Grand Prix Continental Divide 36 aylana Harry McIntosh

Brabham BT7 — Climax FWMV V8

Gus Hutchison

Lotus 41C — Ford twin cam BRM

Jim Mulhall

Lola Mk3 — Ford

2 May 20 Bridgehampton Continental Race Bridgehampton Race avtodromi 35 aylana Jim Haynes

Lotus 18/21 — Climax FPF 4

Gus Hutchison

Lotus 41C — Ford twin cam BRM

Fred Hummel

LeGrand Mk 3

3 Iyun 25 War Bonnet Continental Race War Bonnet 50 aylana Gus Hutchison

Lotus 41C — Ford twin cam BRM

Wayne T Mitchell

Lotus 22 — Ford

4 Sentyabr 17 St Jovite Grand Prix Mont-Tremblant 40 aylana Guy Wooley

Cooper — Climax FPF 4

Fred Ashplant

Brabham BT21 — Ford twin cam

Ronald Stanwicks

Cooper FJ Mk 3A — Ford

5 Oktyabr 1 Lake Tahoe Continental Race Lake Tahoe 35 aylana Jack Millikan

Lotus 22 — Oldsmobile

Gus Hutchison

Lotus 41C — Ford twin cam BRM

Ray Seher

Lotus 20

Ballar tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempionlik ballari poygachilarga 9-6-4-3-2-1 asosida berildi. Ushbu tizim chempionat tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqildi.

Chempionat natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilgi chempionatda eng yaxshi oʻntalikdagi poygachilar quyidagilar edi:

Oʻrin Poygachi Poyga mashinasi Ball
1 Qoʻshma Shtatlar Gus Hutchison Lotus 41 Ford 36
2 Qoʻshma Shtatlar Mike Hiss Brabham BT21 Ford 12
= Qoʻshma Shtatlar Karl Knapp LeGrand Ford 12
= Qoʻshma Shtatlar Lou Sell Brabham BT21A Ford 12
5 Qoʻshma Shtatlar Bob McQueen LeGrand Ford 10
6 Qoʻshma Shtatlar Fred Ashplant Brabham BT21 Ford 9
7 Qoʻshma Shtatlar Mike Cronin Lotus 22 Ford 7
8 Qoʻshma Shtatlar Harold Krech Lotus 41 Ford 6
9 Qoʻshma Shtatlar Roger Barr Crossle Ford 4
10 Kanada Peter Broeker Stebro Mk4 Ford 3
= Qoʻshma Shtatlar Steve Griswold LeGrand Alfa Romeo 3
= Qoʻshma Shtatlar Bill Gubelmann Brabham Ford 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wolfgang Kopfler, Formula A and Formula 5000 in America — Race by Race, Second Edition, 2003, page 7
  2. 1967-69 SCCA Grand Prix Championship Review, www.myf5000.com (Wayback Machine saytida 2022-10-11 sanasida arxivlangan) Retrieved on 13 February 2014

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]