03 Greedo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
03 Greedo
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Jason Jamal Jackson
1987-yil 26-iyul
Los-Anjeles, Qo'shma Shtatlar.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi reper • qoʻshiqchi • qoʻshiq muallifi • prodyuser
Leybl Golden Grenade Empire • Alamo
Janr hip hop • trap
Faoliyat yillari 2010–hozirgacha

Jason Jamal Jackson (1987-yil 26-iyulda tugʻilgan), 03 Greedo taxallusi bilan tanilgan — amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuser [1]. U 2016-yilda oʻzining „Purple Summer“ miksteypi orqali tanila boshlangan[2]. Keyin u „The Wolf of Grape Street“ miksteypini chiqarganidan keyin mashxurlikka erishgan. U debyut albomini 2018-yil 26-iyunda chiqardi.

2018-yil iyul oyida u giyohvand moddalar savdosi va oʻqotar qurol saqlashda ayblanib, 20 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Greedo qamoqda boʻlishiga qaramasdan bir qancha qoʻshiqlarini chiqardi[3].

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jason Jamal Jackson 1987-yil 26-iyulda Los-Anjelesda Michael and Lisa Jackson oilasida tugʻilgan. 1988-yil oxirida, Jackson endigina bir yoshga toʻlganida, otasi halok boʻldi. Bu uning Kaliforniyaning Gardena shahriga koʻchib oʻtganidan keyin koʻp oʻtmay sodir boʻldi, u yerda Jackson akasi va opasi bilan birga oʻsgan. U oilada kenja farzand edi. Otasining vafotidan oldin u oilasi bilan Los-Anjelesda yashagan. Yoshligida u bir qator quloq infektsiyalari bilan kasallangan va natijada timpanostomiya naychasi paydo boʻlgan. U 18 yoshga toʻlganida qiz farzandli boʻlgan. U oilasini boqish uchun giyohvand moddalarni sotishni boshladi. Jackson uning nopok xatti-harakatlaridan charchagani uchun onasi uni uyidan haydab yubordi. U bir muddat uysiz yashadi. U Los-Anjelesning Watts hududiga koʻchib oʻtdi[4].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jackson dastlab Greedy Giddy taxallusi ostida oltita miksteyp chiqargan[5]. Greedy Giddy sifatida Jackson 2014 va 2016-yillar oraligʻida SoundCloud-ga koʻplab treklarni joyladi. 2016-yilda Jackson oʻz ismini 03 Greedoga oʻzgartirdi va „Purple Summer“ va „Purple Summer 2: Sun Donʼt Shine“ miksteyplarini ishlab chiqardi. U shuningdek, 2016-yilda oʻzining „Golden Grenade Empire“ ovoz yozish studiyasiga asos soldi. 2017-yilda Jackson „Purple Summer 03: Purple Hearted Soldier“, „First Night Out“ va „Money Changes Everything“ miksteyplarini chiqardi.

2018-yil 22-iyun kuni Jackson reper Lil Uzi Vert bilan hamkorlikda oʻzining „Never Bend“ singlini chiqardi[6].

2019-yil sentabr oyida Jackson Kenny Beats bilan birgalikda „Netflix & Deal“ nomli yangi albomini chiqardilar.

2022-yil 4-fevralda Jackson Sony Music Entertainment orqali „Pourin“ nomli yangi singlini chiqardi[7].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jacksonning ommaning e'tiborini tortgan xususiyatlaridan biri bu uning yuziga tatuirovka qilingan „Living Legend“ atamasi.

2016-yilda Jackson Texasda giyohvand moddalar savdosi va oʻqotar qurol saqlaganlikda ayblanib hibsga olingan. Politsiya hisobotiga koʻra, Potter okrugi Sherrif deputatlari nasha hidini sezganidan soʻng uning mashinasi yukxonasidan metamfetamin va ikkita oʻgʻirlangan toʻpponcha topilgan"[8]. Jackson dastlab ayblovlar uchun 300 yilga qamalgan. Biroq, u oxir-oqibat aybni tan oldi va 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • God Level (2018)
  • Still Summer In the Projects (2019)
  • Netflix & Deal (& Kenny Beats) (2019)
  • Load It Up Vol 01 (with Ron-RonTheProducer) (2020)

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bi-polar Disc One (2010)
  • Bi-polar Disc Two (2010)
  • Bi-polar 3 (2011)
  • Bi-polar 4 (2011)
  • Money, Powder, Regrets (2012)
  • Everybody Weak (2012)
  • Purple Summer (2016)
  • Purple Summer 2: Sun Donʼt Shine (2016)
  • Purple Summer 03: Purple Hearted Soldier (2017)
  • First Night Out (2017)
  • Money Changes Everything (2017)
  • The Wolf of Grape Street (2018)

Kengaytirilgan relizlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Porter 2 Grape & Nef the Pharaoh (2018)
  • Meet the Drummers &Travis Barker (2019)
  • 03 Inna Key (2021)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Impossible Tale of 03 Greedo, the Future of West Coast Rap“ (en-us). Noisey (2018-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  2. „03 Greedo: The Wolf of Grape Street Album Review | Pitchfork“ (en). pitchfork.com. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  3. Findlay, Mitch. „03 Greedo & Key Glock Drop Off "Drip Keep Going"“. HotNewHipHop (2020-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  4. He moved to the Watts area of Los Angeles and later settled in the Jordan Downs Housing Projects in Watts.
  5. His early career was heavily influenced by Southern rap with auto-tuned harmonics and melodic trap instrumentals. This early work is fragmented with a handful of recordings on DatPiff, YouTube, and Tumblr.
  6. „03 Greedo shares "Never Bend" remix featuring Lil Uzi Vert“ (en). The FADER. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
  7. „03 Greedo – "Pourin" ft. BlueBucksClan“ (2022-yil 9-fevral).
  8. „Living Legend: Why 03 Greedo Matters“ (en-US). Passion of the Weiss (2018-yil 30-aprel). Qaraldi: 2018-yil 17-may.