.hack (video oʻyinlar seriyasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
.hack
.hack logo
Ishlab chiqaruvchi CyberConnect2
Nashir etuvchi Bandai
Chiqarilgan sana Infection
  • JP: June 20, 2002
  • ShA: February 11, 2003
  • PAL: March 26, 2004
Mutation
  • JP: September 9, 2002
  • ShA: May 7, 2003
  • PAL: June 18, 2004
Outbreak
  • JP: December 12, 2002
  • ShA: September 9, 2003
  • PAL: September 10, 2004
Quarantine
  • JP: April 10, 2003
  • ShA: January 13, 2004
  • PAL: December 10, 2004
frägment
  • JP: November 23, 2005
Geymdizayner Hiroshi Matsuyama
Ssenariy muallifi Kazunori Itō
Rassom Yoshiyuki Sadamoto
Bastakor Chikayo Fukuda
Oʻyin seriyasi .hack
Janr Action role-playing
Platformalar PlayStation 2
Oʻyin rejimlari Single-player

.hack (/dɒt hæk/) Bu CyberConnect2 tomonidan PlayStation 2 konsoli uchun ishlab chiqarilgan va Bandai tomonidan nashr etilgan video oʻyinlar seriyasi. Toʻrtta oʻyin, .hack//Infection, .hack//Mutation, .hack//Outbreak, va .hack//Quarantine, Dunyo deb nomlanuvchi, oʻyinchidan internetga ulanish talab qilinmaydigan, barchasi „oʻyin ichida oʻyin“ xususiyatli, ommaviy onlin koʻp oʻyinchi rolli oʻyin (MMORPG) toʻplami. Oʻyinchilar oʻz obrazlarini va maʼlumotlarini oʻyinlar seriyasi oʻrtasida almashtirishlari mumkin. Har bir oʻyin .hack//Liminality epizodini oʻz ichiga olgan qoʻshimcha DVD bilan birga keladi va haqiqiy video animatsiya (OVA) seriyasi hisoblanib, oʻyinlar bilan bir vaqtda sodir boʻladigan xayoliy voqealar haqida batafsil maʼlumot beradi.

Oʻyinlar Dunyoning sirli kelib chiqishini oʻrganuvchi Project .hack deb nomlanuvchi multimedia franchayzining bir qismi hisoblanadi. .hack//Sign anime seriyasidagi voqealardan soʻng oʻyinlar Kite ismli oʻyinchi qahramoni va uning Dunyo oʻyinini oʻynash vaqtida baʼzi oʻyinchilar nega haqiqiy dunyoda komaga tushib qolganini aniqlashga oid izlanishlarga qaratilgan. Izlanishlar oʻyinni va uning Internet barqarorligiga taʼsirini chuqurroq oʻrganishga aylanib ketadi.

Tanqidchilar seriyaga turlicha baho berdilar. Oʻzining noyob muhiti va xarakter dizaynlari uchun maqtovga sazovor boʻldi. Lekin oʻyin seriyadagi oʻyinlar orasida yangilanishlar yoʻqligi tufayli tanqid qilindi. Franshizaning tijoriy muvaffaqiyati .hack//frägment – onlayn imkoniyatlarga ega seriyaning faqat Yaponiyadagi qayta ishlanishi va .hack//G. U., PlayStation 2 uchun 2006-2007-yillar oraligʻida chiqarilgan yana bir video oʻyin trilogiyasini ommaga taqdim etishga olib keldi. 2017-yilda PlayStation 4 va Microsoft Windows uchun .hack//G.U soʻnngi kodlash nomli qayta ishlangan toʻplami taqdim etildi. Toʻplam keyinchali 2022-yil, 11-martda Nintendo Switch da chiqarildi.[1]

Oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

.hack MMORPGni simulyatsiya qiladi; oʻyinchilar Dunyo deb nomlanuvchi fantastik oʻyinda ishtirokchi rolini oʻz zimmalariga oladilar. Oʻyinchi ekrandagi Kite obrazini uchinchi shaxs nuqtai nazaridan boshqaradi, lekin birinchi shaxs rejimi ham mavjud. Oʻyin kontrolleri yordamida koʻrish rejimini qoʻlda boshqaradi. Ushbu fantastik oʻyinda oʻyinchilar yirtqich hayvonlar bilan toʻla dalalarni va zindonlarni, shuningdek, jang boʻlmaydigan Ildiz shaharlarni oʻrganishadi. Shuningdek, Dunyodan chiqib, oʻyin ichidagi elektron pochta, yangiliklar, xabarlar va ish stoli va orqa fon musiqasini sozlash interfeyslariga qaytishlari mumkin.[2] Oʻyinchi oʻyinni ish stolidan ham, Dunyo ichidagi Saqlash doʻkonidan ham xotira kartasiga saqlashi mumkin. Oʻyinchi oʻyinni yakunlagandan soʻng, oʻyinchi obrazi va partiya aʼzolarining barcha xususiyatlarini keyingi oʻyinga olib oʻtish imkoni beruvchi Maʼlumotlar bayrogʻi saqlash faylida paydo boʻladi.[3]

Seriya oʻyinchilar real vaqtda dushmanlarga hujum qiladigan harakatli oʻyinlardan tashkil topgan. Oʻyin pauza qilinganda menyu ochiladi va oʻyinchilar sehrli elementlarni ishlatish yoki qobiliyatlarini yaxshilash uchun tanlash imkoni beriladi. Oʻyinchi Kite obrazini bevosita boshqaradi, qolgan xarakterlar Sunʼiy intellekt tomonidan boshqariladi. Oʻyinchi portalga yaqinlashib, ichidagi hayvonlarni qoʻyib yuboradigan koʻrsatmalar („hujum“, „birinchi yordam“, „sehr“ va hk.) beradi.[2] Kite Maʼlumotlarni uzatish nomli qobiliyatga ega, bu unga dushmanlarni noyob elementlarga aylantirish imkoni beradi.[4] Ko'p katta hayvonlar "Data Bugs" deb nomlanadi va ular buzilgan ma'lumotli dushmanlar hisoblanadi. Ularning joni cheksiz bo'ladi. Ma'lumotlarni uzatish shikastlangan yirtqich hayvonlarning ma'lumotlarini tiklash uchun ishlatiladi, ammo uni ishlatish Kitening infektsiya darjasini oshiradi va tasodifiy zararli ta'sirlarni keltirib chiqaradi. Infektsiyani Ma'lumotlarni uzatishsiz dushmanlarni mag'lub qilish orqali davolash mumkin.[5]

Ildiz shaharlar jang bo'lmaydigan hudud hisoblanadi, u yerda o'yinchi narsalarini qayta tiklashi, jihozlar sotib olishi yoki Dunyoning boshqa o'yinchilari bilan suhbatlashishi hamda savdo qilishi mumkin. Boshqa ko'plab shaharlarda o'yinchi Grunty deb nomlangan cho'chqaga o'xshash hayvonni olishi, uni dalalarda minishi va keyingi o'yinlarda sovrinlar uchun poygalarda qatnashishi mumkin. Tartibsizlik darvozasi nomli ko'k portallar ("serverlar" deb ham ataladi) shaharlar o'rtasida sayohat qilish va janglar sodir bo'ladigan maydonlar va zindonlarga kirish uchun ishlatiladi. Uch so'zli parol tizimi har bir hududning xususiyatlarini nazorat qiladi. O'yinda ba'zi hududlarga kirish ta'qiqlangan. Lekin "Buzg'unchi darvozasi" nomli qobiliyatga ega o'yinchilar bu hududlarga Virus yadrolari orqali kirishlari mumkin.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sozlamalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

.hack o'yinlari 2010-yilda Yerning muqobil vaqt jadvali bo'yicha o'rnatildi. "Pluto bo'sasi" nomli kompyuter virusi dunyodagi deyarli barcha kompyuterlarni ishdan chiqargandan so'ng, xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun Internetga kirish keng jamoatchilik uchun yopildi.[6] Internet va onlayn oʻyinlarsiz ikki yil oʻtgach, Dunyo deb nomlangan MMORPG chiqarildi.[7] Oʻyin 20 milliondan ortiq oʻyinchilar bilan barcha davrlarning eng mashhur onlayn oʻyiniga aylanadi.[8][9] .hack oʻyinlarida tasvirlangan voqealardan biroz oldin, bir nechta foydalanuvchilar Dunyo oʻyinini oʻynash natijasida komaga tushib qolishdi.[10] Lekin ishlab chiquvchilar ularning holatlariga koʻz yumishdi.[11]

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

.hackning bosh qahramoni Kite Dunyoning yangi oʻyinchisi, uning doʻsti Orka sirli sharoitlarda komaga tushadi. Kite bilan birga yigirmaga yaqin boshqa oʻyinchilar koma qurbonlari sirini ochishga intilishadi. Kite missiyasining muvaffaqiyatiga eng katta taʼsir koʻrsatadigan oʻyinchilar – BlackRose, Dunyoga yangi boshlovchi, uning akasi ham komada; Balmung, oʻzi sevgan oʻyinda korruptsiya manbalarini yoʻq qilishga intiladigan afsonaviy oʻyinchi; va Kite jamoasi uchun asosiy strategiga aylanadigan axborot brokeri Wiseman. Professional xaker Xelba va tizim administratori Lios ham Kitening koma qurbonlarini qutqarish harakatlariga yordam berishadi. Syujetda ikkita inson boʻlmagan qahramon muhim rol oʻynaydi: Aura oʻzining yakuniy sunʼiy intellektga aylanishga intiladi, Aurani tarbiyalash vazifasiga qarshi chiqqan sunʼiy intellekt Morganna esa koʻrinmas asosiy antagonist rolini bajaradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dunyo qaytadi!“.
  2. 2,0 2,1 Smith, David. „.hack Infection Vol.1“. IGN (2002-yil 7-avgust). 2011-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-iyun.
  3. Dunham, Jeremy. „.hack//MUTATION (Part 2): First Impressions“. IGN (2003-yil 19-mart). 2011-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-iyun.
  4. Torres, Ricardo. „.hack infection part 1 Preview“. Game. CBS Interactive (2002-yil 3-dekabr). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-iyun.
  5. .hack//Infection North American instruction manual. Bandai Games, 2002 — 14 bet. 
  6. CyberConnect2. .hack//Mutation. Bandai, 2003-05-07. „Yangiliklar: Bu yil so'ngi dunyoni deyarli vayron qilgan tarmoq inqirozi "Pluto bo'sasi"ga besh yil to'ladi.“ 
  7. CyberConnect2. .hack//Infection. Bandai, 2003-02-11. „Yangiliklar: Shuningdek, BANDAI joriy asosiy tarmoq operatsion tizimi "ALTIMIT" bilan mos kelishini e'lon qildi va qurilma internet terminali sifatida ham ishlashini ta'kidladi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, CC korporatsiyasining mashhur “Dunyo” onlayn o‘yini ishga tushiriladigan nomlardan biri bo‘lishi rejalashtirilgan.“ 
  8. CyberConnect2. .hack//Infection. Bandai, 2003-02-11. „NoNo: "Dunyo" butun dunyo bo'ylab 20 milliondan ortiq nusxada sotilgan!“ 
  9. CyberConnect2. .hack//Infection. Bandai, 2003-02-11. „Yangiliklar: ["Dunyo"] hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga “Tarixdagi eng ko'p sotilgan o'yin” sifatida kiritilmoqda."“ 
  10. CyberConnect2. .hack//Infection. Bandai, 2003-02-11. „Yangiliklar: Kanazava shahridagi ikki o'rta maktab o'quvchisi o'z klub xonasida hushsiz holda topildi. Biri shifoxonada o'ziga kelgan, ikkinchisi Tomonari Kasumi hamon komada.“ 
  11. CyberConnect2. .hack//Outbreak. Bandai, 2003-09-03. „Yangiliklar: CC korporatsiyasi bugungi matbuot anjumanida "Dunyo" onlayn o'yinini o'ynash paytida paydo bo'lgan koma xakerlar oqibati ekanligini va "Dunyo" ning o'zida nuqson emasligini aytdi.“