Kontent qismiga oʻtish

„Hadra“sport sog'lomlashtirish majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Hadra“sport sogʻlomlashtirish majmuasi — 1996-yilda 12-qurilish tresti OAJ tasarrufida qurib bitkazilgan. Maydoni 0,5 gektar.

Tarkibida qishki tennis zali (2 ta kort), yozgi tennis maydoni mavjud (Hard qoplamali 2 ta kort), mashq zali, sauna, 80 tomoshabinga moʻljallangan tribuna mavjud. Asosan, tennis seksiyasi ishlaydi. Seksiyada 200 kishi shugʻullanadi. Majmuada yosh tennischilar oʻrtasida shahar va respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Yaqinida „Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“ metro bekatllari joylashgan[1].

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 752.

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.