“Harbiy shon-shuhrat shahri” stelasi, Petrozavodskda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Harbiy shon-shuhrat shahri" monumenti-stelasi — 2015-yil[1] aprelda Petrozavodsk shahriga Rossiya Federatsiyasining "Harbiy shon-shuhrat shahri faxriy unvoni berilganligi munosabati bilan oʻrnatilgan yodgorlikdir. Tantanali ochilish marosimi 2020-yil 30-sentabrda boʻlib oʻtdi.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esdalik stelasi granit ustun boʻlib, uning ustiga ikki boshli bronza burgut oʻrnatilgan va Kirov maydonining janubi-gʻarbiy qismiga tutashgan birodar shaharlar xiyobonidagi kvadrat balandlikning markazidagi poydevorga oʻrnatilgan. Maydonda tantanalar, harbiy paradlar oʻtkaziladi va „Oʻlmas polk“ bu yerda oʻz yurishini yakunlaydi.

Poydevorning old tomonida, Rossiya Prezidentining Petrozavodskga „Harbiy shon-shuhrat shahri“ unvonini berish toʻgʻrisidagi farmoni matni aks ettirilgan kartush, peshtoqning orqa tomonida Petrozavodsk gerbi tasvirlangan kartush oʻrnatilgan.

Poydevor platformasini hoshiya qilib turgan granit devorlarda shaharning harbiy tarixiga oid manzaralar: 1703-yilda Pyotr I tomonidan davlatga qarashli zambarak zavodi qurilishidan, 1944-yilda Petrozavodskning fin bosqinchilaridan ozod etilishigacha boʻlgan manzaralar tasvirlangan haykaltarosh bronza barelyeflar oʻrnatilgan.

Yodgorlik majmuasining, meʼmoriy yechimi, meʼmor Aleksandr Savelyev[2][3] tomonidan ishlab chiqilgan.

Yodgorlik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlikni qardosh shaharlar xiyoboniga oʻrnatish joyi jamoatchilik, faxriy tashkilotlar va Petrozavodsk shaharsozlik kengashining fikrini inobatga olgan holda, 2019-yil iyun oyida qaror qilindi[4]. Qaror munosabati bilan 1979-yilda qardosh shaharlar xiyoboniga oʻrnatilgan „Doʻstlik daraxti“ memorial belgisi demontaj qilindi[5][6].

Qayta tiklashdan soʻng Onega koʻli qirgʻogʻidagi Gʻalaba bogʻida „Doʻstlik daraxti“ oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

Kareliya Respublikasi byudjetidan 2020-yilda Kareliya davlatchiligining 100 yilligiga tayyorgarlik koʻrish uchun yodgorlikni oʻrnatish uchun 82 million rubl ajratildi.

Yodgorlik majmuasi Kareliya, Leningrad viloyati va Boshqirdistondagi turli konlarining granitidan yasalgan. Stelaning oʻzi Boltiq konidan granitdan qilingan (Leningrad viloyatining Priozerskiy tumani).

Oʻrnatishdan soʻng, shahar aholisi stela qiya oʻrnatilganga oʻxshashini takidladi. Qayta tekshirish hech qanday egilish yoʻqligini aniqladi, zohiriy egilish optik illyuziya[7]. Yodgorlik barelyeflarida ham ikkita tinish belgisi xatosi qayd etilgan[8].

Esdalik tanga va pochta markasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda, Petrozavodskga Rossiya Federatsiyasining faxriy unvonini berishga bagʻishlangan „Harbiy shon-shuhrat shaharlari“ seriyasidan, Rossiyaning pochta markasi va 10 rubllik, esdalik tangasi muomalaga kiritildi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]