Kontent qismiga oʻtish

О (kirill)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

О — oʻzbek kirill alifbosining oʻn oltinchi harfi. Til orqa, keng, lablashmagan (shevalarda bir qadar lablashgan) unli fonemani ifodalaydi. Shuningdek, qipchoq shevalarida til orqa a unlisini, rus tilidan va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlarda oʻ (urgʻuli boʻgʻinda), a yoki kuchsiz i (urgʻusiz boʻgʻinda) unlilarini ifodalab keladi. Soʻzning hamma oʻrnida ishlatiladi, lekin oxirida O harfi boʻlgan soʻzlar, asosan, oʻzlashma soʻzlar hisoblanadi: Barno, maʼno, fazo. Hoz. oʻzbek imlosida y harfidan keyin kelib, y+o tarzida yo harfini tashkil etsada, oʻzining alohida holatdagi mazkur xususiyatlarini saqlab qoladi: yongʻoq, ziyon, daryo.

O harfi Avesto yozuvida, shuningdek, lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida oʻziga xos belgi-ifodalarga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil