Kontent qismiga oʻtish

Štětí

Koordinatalari: 50°27′10″N 14°22′26″E / 50.45278°N 14.37389°E / 50.45278; 14.37389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Štětí
Shaharcha
Skyline of Štětí
Štětí
Bayroq
Štětí
Gerb
50°27′10″N 14°22′26″E / 50.45278°N 14.37389°E / 50.45278; 14.37389
Mamlakat Chexiya
Viloyat Ústí nad Labem
Tuman Litoměřice
Hukumat
 • Mayor Tomáš Ryšánek
Asos solingan 1312
Maydon 53.90 km2 (20.81 kv mi)
Markazi balandligi 155 m
Aholisi
 (2024-01-01)
8 609
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 411 08, 411 73
Štětí xaritada
Štětí
Štětí

Štětí – (nemischa: Wegstädtl) Chexiyaning Ústí nad Labem mintaqasida joylashgan shaharcha. 8600 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. U Elba daryosi yon bagʻrida joylashgan. Bu mamlakatdagi eng yirik qogʻoz fabrikasi bilan mashhur sanoat shaharchasi.

Mamuriy qismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brocno, Čakovice, Chcebuz, Xněvice, Počeplice, Raduň, Stračí, Újezd va Veseli qishloqlari Štětíning maʼmuriy qismi hisoblanadi.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Štětí – Litoměřicedan taxminan 19 kilometr (12 mi) janubiy-sharqida va Pragadan 38 km (24 mi) shimolda. Quyi Ohre past tekisligi va Ralsko togʻlari yon bagʻrida joylashgan. Eng baland joyi dengiz sathidan – 348 m (1,142 ft) balandlikdagi Ujezdsky Shpičák togʻi. Shaharcha Elba daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharcha hududining sharqiy qismi Kokorinsko-Machův qoʻriqxonasi hududida joylashgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18694 855—    
18805 137+5.8%
18905 056−1.6%
19004 902−3.0%
19104 796−2.2%
19214 969+3.6%
19304 982+0.3%
19503 628−27.2%
19615 724+57.8%
19707 016+22.6%
19809 054+29.0%
19918 571−5.3%
20019 197+7.3%
20118 852−3.8%
20218 320−6.0%

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qogʻoz fabrikasi

Štětí – sanoat markazi sifatida tanilgan. Shaharchada Chexiya Respublikasining eng yirik qogʻoz fabrikasi joylashgan[1].

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududida Ústí nad Labemdan Kolinga va Ústí nad Labemga boradigan temir yoʻl liniyalari joylashgan[2].

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi

Eng mashhur diqqatga sazovor joyi – Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi. Dastlab u 14-asrda qurilgan, lekin 1784-yilda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan va 1785-yilda qayta tiklangan[3].

Avliyo Butrus va Pavlus cherkovi Chcebuzning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. U 1781—1784-yillarda barokko uslubida qurilgan[4].

Mashhur odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Frants Reyxelt (1878-1912) avstriyalik tikuvchi va ixtirochi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Koncern Mondi investuje devět miliard do modernizace Papíren Štětí“ (cs). iDNES (2017-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-avgust.
  2. „Detail stanice Štětí“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  3. „Historie města Štětí“ (cs). Město Štětí. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
  4. „Kostel sv. Petra a Pavla“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]