Çobanoğlu Mahmud Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çobanoğlu Mahmud Bey
4-Çobanoğulları beki
Saltanat 1292-1309
Oʻtmishdoshi Muzaffereddin Yavlak Arslan
Davomchisi beklik tugatildi
Vafoti 1309-yil
Kastamonu, Çobanoğulları bekligi
Dini Sunni Islom

Çobanoğlu Mahmud Bey — 1292-yilda Çobanoğulları bekligining uchinchi beki Muzaffereddin Yavlak Arslan Rükneddin Kılıçarslan tomonidan oʻldirilganidan soʻng, beklik taxtiga Mahmud Bey oʻtirdi. Mahmud Bey 1292-1309-yillarda Çobanoğulları bekligida hukmdorlik qildi.

Hukmdorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmud Bey humkronligi davrida ham Vizantiya imperiyasi hududiga kichik-kichik hujumlar amalga oshirilib turilgan. Ushbu hujumlarni amalga oshirishdagi asosiy katta ishni Mahmud Beyning ukasi Ali Bey bajargan[1]. Ushbu hujumlar davomida Ali Bey Sakarya daryosidan ham yuqori hududlarni egallagan, ammo keyinchalik Vizantiya bilan tinchlik shartnomasi imzolagan[2]. Bu kelishuv bilan Ali Beyning yonidagi turkmanlar kun sayin obroʻsi ortib borayotgan va Çobanoğullarıga itoatda ekanligi daʼvo qilingan, uch beyi sifatida oʻz davlatini qurishga harakat qilayotgan Usmonbey atrofida birlasha boshlaganlar[2][3].

1309-yilda asos solinganligiga koʻp boʻlmagan Candaroğulları bekligi beki Süleyman Bey I Kastamonuga hujum uyushtirib, Mahmud Beyni oʻldiradi. Shundan soʻng, Çobanoğulları bekligi Candaroğulları bekligiga qoʻshib olinadi va tarix sahifasida oʻchiriladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Çobanoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 354-355 b. Archived on 13-aprel 2020-yil. Andoza:Citation error. https://islamansiklopedisi.org.tr/cobanogullari. 
  2. 2,0 2,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e, syf. 49.
  3. Halil, İnalcık. "Osman I" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (2007 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 443-453 b. Archived on 13-aprel 2020-yil. Andoza:Citation error. https://islamansiklopedisi.org.tr/osman-i. 
  4. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e, syf. 58.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Muzaffereddin Yavlak Arslan
Çobanoğulları beki
1292-1309
Vorisi:
beklik tugatildi