Yerkin qaraqalpaqstan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Yerkin qaraqalpaqstan"dan yoʻnaltirildi)

"ERKIN QARAQALPAQSTAN" ("Erkin Qoraqalpogʻiston") — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining markaziy nashri. Qoraqalpoq tilida haftada 3 marta chiqadi. Gaz. dastlab 1924-yil dekabrda "Birinshi adim" ("Birinchi kadam") nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik "E. Q." (1928), "Miynetkesh qaraqalpaq" ("Mehnatkash qoraqalpoq", 1928—32), "Kizil Qaraqalpakstan" ("Kizil Koraqalpogʻiston", 1932—57), "Sovet Karakalpakstani" ("Sovet Qoraqalpogʻistoni", 1957—92) nomlarida nashr etilgan. 1992-yildan hozirgi nomda. Gaz.ga turli yillarda A. Qudabayev, Q. Aoʻezov, J. Qurbanov, S Majitov, K. Xudoybergenov, T. Qaipbergenov, E. Murtazayev, Q. Begjanov, Q. Yusupov va b. jurnalist va yozuvchilar muharrirlik qilishgan. Gaz. oʻz sahifalarida qoraqalpoq xalqining tafakkur tarzi, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy qarashlarini aks ettirishga harakat qiladi, respublika xalq xoʻjaligining turli sohalariga oid yetilgan muammolarni koʻtarib chiqadi. 1994-yilda "E.Q."ning 70 yilligi nishonlandi. Unda gaz. oʻtgan davrda Qoraqalpogʻiston hayotining solnomasiga aylanganligi taʼkidlandi. Adadi 2553 (2002).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil