Toshkent lokboʻyoq zavodi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - kimyo sanoati korxonasi. Sanoat va qurilish, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, mebel, parket va boshqa uchun lokboʻyoq mahsulotlari, loklar, boʻyoqlar, pigmentlar, quruq pyx oq boʻyogʻi va boshqa ishlab chiqaradi. 1945-yilda mineral xom ashyoni qayta ishlaydigan artel negizida tashkil etilgan. 1948-yildan zdning yangi binosi kurila boshlagan. 1950-yilda smola quyultirish sexi, 1953-yilda emal va quyultirilgan smolaga aralashtirilgan boʻyoq, 1962 yda quruq pyx belilasi, 1965-yilda suvemulsiya boʻyogʻi, 1968-yilda sariq temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi sexlar ishga tushirildi. 1965-yilda zdning ishlab chiqarish quvvati 40 ming t ga yetdi.

1999-yildan "Toshkent lokboʻyoq zavodi" ochiq aksiyadorlik jamiyati. Us t a v fondidagi xorijiy investorlar ulushi 33%ni tashkil etadi. 3dda asosiy 5 ta sexda — kondensatsiya qilingan qatrondan lok tayyorlash sexi, metall idishlar tayyorlash sexi, xalk isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish. sexi, sirbuyok va qotiruvchi moddalar ishlab chiqarish. sexi, temir oksidi (rang beruvchi) va quruq pyx oq boʻyogʻini i. ch. sexlari faoliyat koʻrsatadi.

Korxonada 2000-yildan boshlab Fargʻona yogʻmoy kti ishlab chiqaradigan glitserin asosidagi lok va sirboʻyoqning yangi xillari oʻzlashtirildi; "Navoiyazot" korxonasida ishlab chiqariladigan akril emulsiyasi asosida suvlidispersiya boʻyoqlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 3dda soya va paxta yogʻi asosida "oksal" alifmoyini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi. Temir kuporosi eritmasini i. ch. boʻyicha yangi texnologiya, shuningdek, mahalliy xom ashyo turlari — yogʻ kislotalari, boʻr, oxradan foydalanib, lokboʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarish.ning yangi texnologiyalari ishlab chiqildi. Mahsuloti chet ellarga eksport qilinadi. Oʻzbekiston — Rossiya "OXIDE" qoʻshma korxonasi tashkil etilgan (2003). Rossiya (Omsk, Ufa)da korxonaning savdo uylari ochilgan.