Samarqand ushshogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Samarqand ushshogʻi"dan yoʻnaltirildi)

Samarqand ushshogʻi - Ushshoqning Hoji Abdulaziz Rasulov kayta ishlab bastalagan yoʻli. "Ushshogʻi Hoji", "Daromadi Ushshoq" deb ham yuritiladi. "S. U."ga Uzzolning ohanglari daromad kilib olingan va keyingi ashula jumlalari Ushshoq ohanglariga ulanib ketgan. Avjida Ushshoq va Uz zol namudlari ishlatilgan. "S.U."ning yirik va qisqaroq variantlari mavjud boʻlib, dastlab Zebunnisoning "injost" radifli gʻazali, keyinchalik Masiho, Komil, Ogahiy gʻazallari bilan ham aytila boshlangan. "SU." kuyidan T. Sodiqov va R. Glier "Layli va Majnun", A. Kozlovskiy "Ulugʻbek" operalarida foydalanishgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil