Qoʻqonspirt davlataksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"QOʻQONSPIRT" DAVLATAKSIYADORLIK JAMIYATI - spirt sanoatining yirik korxonasi. "Oʻzspirtsanoat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qoʻqon shahridan 7 km uzoqdikdagi Muqimiy shaharchasida joylashgan. Bugʻdoydan liker-araq, tibbiyotda ishlatiladigan tozalangan "Ekstra" va yuqori darajada tozalangan etil spirti, xalq xoʻjaligida ishlatiladigan boshqa ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1991 yilda oʻgʻitlar va sulfat kislota ishlab chiqaradigan Yangi Qoʻqon kimyo zavodi (1983) negizida oziq-ovqat spirti ishlab chiqaradigan "Qoʻqon" ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Qayta rekonstruksiya qilinib, yillik quvvati 1,8 mln. dal boʻlgan 1-navbati 1995 yildan mahsulot ishlab chiqara boshladi. 1998 yilda 2-navbati (yillik quvvati 0,9 mln.dal) ishga tushi-rildi. 2000 yildan ochiq turdagi aksiya-dorlik jamiyati (Us t a v fondi 10127,6 mln. soʻm; aksiyalar paketining 51% davlatga, 47% chet el investorlariga, 2% mehnat jamoasiga tegishli). Mahsulotlari "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi korxonalariga yetkazib beriladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. 2004 yilda 988,1 ming dal spirt ishlab chiqarildi.

Abdukarim Umarov.