Kontent qismiga oʻtish

Oysuluv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Oysuluv"dan yoʻnaltirildi)

Oysuluv“ — oʻzbek xalq dostoni. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan H. Zarifov yozib olgan. Bosh qahramoni Oysuluv — Turon mamlakatining podshosi. Doston chuqur ijtimoiy-siyosiy mazmunga boy boʻlib, unda xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik tuygʻulari, bosqinchilarga qarshi kurashi aks ettirilgan. Oysuluv oʻz xalqi va yurtiga sodiq, vatanparvar, mard, jasur, kurashda tengsiz, dushmanga ayovsiz afsonaviy qahramon obrazidir.

Oysuluv Eron podshosi — bosqinchi Doro lashkarlariga qarshi qahramonona jang qiladi va uni tor-mor etadi. Oysuluv Oʻrta Osiyo xalqlari afsonalaridagi qahramon ayol Toʻmaris obrazini eslatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil