"Ofitserlar" filmi qahramonlari haykali
![]() | Ushbu sahifani „Ofitseri“ filmi qahramonlari haykaliga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, {{koʻchirishga}} andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
"Ofitserlar" filmi qahramonlari haykali — "Ofitserlar" filmi qahramonlariga bagʻishlangan yodgorlik, 2013-yil 9-dekabrda Moskvada, Frunzenskaya qirgʻogʻida oʻrnatilgan. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Aleksey Ignatov.
Haykal film sahnalaridan birini -uzoq vaqt ajrashgandan keyingi ikki quroldosh, ulardan birining rafiqasi va nabirasini uchrashuvni aks ettiradi.
Yodgorlikning ochilishida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, SSSR xalq artisti Vasiliy Lanovoy va RSFSR xalq artisti Alina Pokrovskaya, „Ofitserlar“ filmida Ivan Varavva va Lyubov Trofimova rollarini ijro etgan aktyorlar ishtirok etdilar.
Yodgorlik, Rossiya Mudofaa vazirligi binolari majmuasi yonida, Frunzenskaya qirgʻogʻi, 22-uyda joylashgan.
Xuddi shunday yodgorlik, 2022-yil 22-fevralda Yekaterinburg Suvorov harbiy bilim yurtiga kiraverishda ochilgan[1].
Film qahramonlarining yana bir yodgorligi — „Ofitserlar“ haykaltaroshlik kompozitsiyasi 2018-yil sentabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligining shaxsiy tarkib bosh boshqarmasida ochilgan edi. U Qizil Armiya askari Aleksey Trofimov (Georgiy Yumatov) va eskadron komandiri Georgiy Petrovich (Vladimir Drujnikov) figuralaridan iborat. Ularning orqasida filmdan mashhur iqtibos bor: „Shunday kasb bor — Vatanni himoya qilish!“[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „В Екатеринбурге открыли скульптурную композицию, посвященную героям фильма «Офицеры»“. 22-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-fevral 2022-yil.
- ↑ „В Главном управлении кадров Минобороны России открылась скульптурная композиция «Офицеры»“. 25-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentabr 2018-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „В Москве открыт памятник героям фильма «Офицеры»“ (ru). Телерадиокомпания Звезда. 13-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
- „Памятник героям фильма Офицеры открыли в Москве“ (ru). 10-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.