„Ofitseri“ filmi qahramonlari haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Ofitserlar" filmi qahramonlari haykali — "Ofitserlar" filmi qahramonlariga bagʻishlangan yodgorlik, 2013-yil 9-dekabrda Moskvada, Frunzenskaya qirgʻogʻida oʻrnatilgan. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Aleksey Ignatov.

Haykal film sahnalaridan birini -uzoq vaqt ajrashgandan keyingi ikki quroldosh, ulardan birining rafiqasi va nabirasini uchrashuvni aks ettiradi.

Yodgorlikning ochilishida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, SSSR xalq artisti Vasiliy Lanovoy va RSFSR xalq artisti Alina Pokrovskaya, „Ofitserlar“ filmida Ivan Varavva va Lyubov Trofimova rollarini ijro etgan aktyorlar ishtirok etdilar.

Yodgorlik, Rossiya Mudofaa vazirligi binolari majmuasi yonida, Frunzenskaya qirgʻogʻi, 22-uyda joylashgan.

Xuddi shunday yodgorlik, 2022-yil 22-fevralda Yekaterinburg Suvorov harbiy bilim yurtiga kiraverishda ochilgan[1].

Film qahramonlarining yana bir yodgorligi — „Ofitserlar“ haykaltaroshlik kompozitsiyasi 2018-yil sentabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligining shaxsiy tarkib bosh boshqarmasida ochilgan edi. U Qizil Armiya askari Aleksey Trofimov (Georgiy Yumatov) va eskadron komandiri Georgiy Petrovich (Vladimir Drujnikov) figuralaridan iborat. Ularning orqasida filmdan mashhur iqtibos bor: „Shunday kasb bor — Vatanni himoya qilish!“[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]