Oʻzbekiston tibbiyot jurnali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"OʻZBEKISTON TIBBIYOT JURNALI" — Oʻzbekiston tibbiyot xodimlarining ilmiyamaliy jurnali. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boʻlimlari, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi. Toshkent shahrida 1 yilda6-marta oʻzbek va rus tillarida nashr qilinadi. Dastlab "Turkiston tibbiyot jurnali", "Oʻrta Osiyo tibbiyot jurnali" nomlari bilan chop etilgan (192225); 1926-yildan hozirgi nomda. 194153-yillarda vaqtincha toʻxtatilgan.

Jur.ning asosiy vazifasi Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiyamaliy yutuqlarni targʻib qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, farmatsevtika, dorishunoslik masalalari hamda sogʻlom turmush tarzini yoritish. Jur. sahifalarida mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar, Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga oid materiallar asosiy oʻrin egallaydi. Unda tibbiyot, sogʻliqni saqlash muammolari, shuningdek, chet el olimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan izlanishlar samarasi haqida maqolalar berib boriladi. Adadi 2200 (2005). Bosh muharriri Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri, professor F.Gʻ.Nazirov (2000-yildan).