Jizzaxplastmassa aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"JIZZAXPLASTMASSA" AKSIYADORLIK JAMIYATI - plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Respublika sanoatini rivojlantirish va Jizzax viloyatidagi choʻl zonasini oʻzlashtirish maqsadida 1960 yilda Jizzax plastmassa quvurlari zavodi qurilishi loyihalashtirildi. 3-d oʻzining birinchi mahsuloti — polietilen plyonkalar va mashinasozlik uchun butlovchi buyumlarni 1972 yildan boshlab ishlab chiqara boshlagan. 1980 yilda zavod qayta rekonstruksiya qilindi va polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan plastmassa zavodiga aylantirildi. 1996 yilda Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilib, polietilen plyonka ishlab chiqarila boshladi va shu yili hozirgi nomidagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Yiliga 10 ming t gacha plastmassa quvur, 18200 t polietilen plyonka i.ch. quvvatiga ega. Shoʻrtangaz majmuining ishga tushirilishi munosabati bilan qoʻshimcha 3 ming t yuqori issiqlikka chidamli polietilen plyonkalar va xalq isteʼmoli mollari i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Mahsulotlari respublika ichki ehtiyojlariga ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil