Islom nuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Islom nuri"dan yoʻnaltirildi)

"ISLOM NURI" - Oʻzbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gaz. 1990-yildan Toshkentda nashr etiladi. Islom dinining asosiy man-bai boʻlgan Qurʼoni karim va Hadisi shariflarga suyangan holda faoliyat koʻrsatadi. Uning sahifalarida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hayʼat va Ulamolar kengashi qarorlari targʻib qilinadi.

Oʻzbekiston musulmonlari hayotiga hamda axloq-odobga oid maqolalar, diniy asarlar keng yoritiladi. Adadi 5 ming nusxa (2002).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil