Guluzorim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Guluzorim"dan yoʻnaltirildi)

"GULUZORIM" — Navoiyning "Etmish meni" radifli muhammasiga Hoji Abdulaziz Abdurasulov bastalagan ashula. Asosiy matn bandlari orasida "guluzorim voyey, rahm ayla nigorim" kabi jumlalar takrorlanib oʻqilgani uchun G. deb nomlangan. "Eshvoy" nomli cholgʻu kuyi, shuningdek, Shashmaqomdagi Rost maqomi tarkibidagi Savti Ushshoq shoʻʼbasi asosida yaratilgan. 3/4 oʻlchovli harakatchan taronalar usulida ijro etiladi. Daromad qismida Uz zol shoʻʼbasi ohanglaridan, Dunarsdan keyin keladigan avj qismida esa Turk avjidan ijodiy foydalanilgan. Turli yillarda "G." ni O.Imomxoʻjayev, O. Apima hsumov badiiy taʼsirchan tarzda ijro etishgan. Cholgʻu kuy sifatida ham ijro etiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil