Guloʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Gulo‘yin"dan yoʻnaltirildi)

"GULOʻYIN" — oʻzbek mumtoz raqsining Fargʻona maktabiga mansub "Katta oʻiin" turkumidagi ayollar raqssyuitasi. U asosan ashula joʻrligida, professional yallachi va havaskorlar tomonidan ijro etilgan. Ayniqsa Qoʻqonda keng tarqalgan. Syuitaning mazmuni lirik harakterda boʻlib, ruhiy kechinmalar ifodalangan. "G." dastlab firoq azobi, sogʻinishni, soʻngra kuchli iroda, dadillikni ifodalaydi, shodlik va quvnoq hayotni ulugʻlaydi. "G." turlaridan birida ijrochining qoʻl harakatlari gul (gulsapsar, lola, binafsha)ning ochilish paytini ifodalaydi. "G" maxsus milliy kiyimda ijro etiladi. "Guloʻyin", "Guloʻyin yallamasi", "Guloʻyin jilvoni" kabi usullari boʻlib, ular mazmuni, ijro usuli bilan bir-biridan farq qiladi. 1927 yil Us t a Olim Komilov va Tamaraxonim "G."ning ritmoplastik usulidagi zamonaviy, ommaviy va doira zarblari ostida tushiladigan yakka sahna raqslarini yaratdilar. Bu raqslarda oʻzbek ayolining iffat ila yoʻgʻrilgan goʻzalligi ulugʻlanadi. "G." raqsi yangicha talqin va kostyumda "Farhod va Shirin" (Xurshid asari; kompozitorlar V. Uspenskiy, G. Mushel) musiqali dramasiga kiritilgan va 1937 yil Moskvada boʻlib oʻtgan birinchi oʻzbek sanʼati va adabiyoti dekadasida namoyish etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil