Chortoq sanatoriysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Chortoq" sanatoriysidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"CHORTOQ" SANATORIYSI - balneologik kurort; Namangan shahridan 25 km masofada Chortoqsoy sohilida, Chatqol togʻining jan. qiyaligidagi togʻ adirlarida, dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan. Chortoq mineral suvi tufayli bunyod etilgan.

1949 yil 31 avg .da Chortokda 30 oʻrinli balneologik shifoxona tashkil etildi; yil sayin u kengaya borib, 1959 yil oʻrinlar soni 250 taga yetdi. 1961 yil 1 martdan shifoxona "CH."s.ga aylantirildi. Sanatoriy hududi turli meva va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirilgan. Maydoni 37 ga, iqlimi yumshoq, kontinental, yozi quruq, issiq, qishi yumshoq. Yanv.dagi oʻrtacha harorat — 1,4°, iyulda 23°, nisbiy namlik 52%. Davolash omili — minerallari kam, ichiladigan, sulfatxloridli, natriyli mineral tuzlar va termal, gipertermal (42° dan yuqori vannalar uchun), yodli, xloridli, kaltsiynatriyli minerallari koʻp (20—50 g/l) suvlar hisoblanadi. Bundan tashqari, fizioterapiya, davo fizkulturasi, massaj, issiq (parafin va ozokerit) bilan davolash usullari ham qoʻllaniladi. "CH."s. zamonaviy davolashdiagnostika asbobuskunalari bilan jihozlangan; u yerda 40 kishilik vanna, basseyn, dush va suv muolajasi xonalari mavjud. Sanatoriyda xarakat aʼzolari, nerv sistemasi, hazm aʼzolari, ginekologik va teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Shuningdek, oʻtkir miokard infarktini boshdan kechirganlar sogligini tiklash uchun 30 oʻrinli reabilitatsiya boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Mineral suvli vannalar gipotonik, tomir kengaytiruvchi taʼsir qiladi, u qon oqimi tezligini barqarorlashtiradi, organizmning himoya vazifasini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Sanatoriyda 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, fitobar, sport maydonchalari va boshqa bor (2004).