Bufer kreditlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Bufer Kreditlar"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bufer kreditlar, qalqon kreditlar — Xalqaro valyuta fondi ajratadigan kredit turi. Jahon bozorlarida xom ashyo va materiallar narxini barqarorlashtirib turish maqsadida barpo etiladigan xom ashyo tovarlarining ehtiyot zaxiralarini saqlab turishni moliyalashga ajratiladi. Narxlar keskin pasayib ketganda "Bufer kreditlar "lar vositalaridan foydalanib xom ashyo haridi ko‘paytiriladi va shu yo‘l bilan ularning zarur g‘amlama darajasi to‘ldiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bufer kreditlar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil