Kontent qismiga oʻtish

British petroleum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("British petroleum"dan yoʻnaltirildi)

BRITISH PETROLEUM (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909-yilda tashkil etilgan. 38% aksiyasi davlatga tegishli. AQSH (Alyaska) (60%) va Shimoliy dengizdan (40%) neft qazib oladi, 25 mamlakatda neftni qayta ishlaydigan korxonalari bor. Gʻarbiy Yevropaning bir nechta mamlakatlari hududidan oʻtgan yirik neft quvurlarining egasi hisoblandi. Monopoliya yiliga 77,5’ mln. t neft qazib oladi, 96,2 mln. t neftni qayta ishlaydi. Keyingi vaqtlarda „British petroleum“ kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun katta mablagʻ sarf qilmoqda. Yillik savdo hajmi 46,2 mlrd. dollar, sof foydasi 2,2 mlrd. dollardir.