Bey shi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Bey Shi"dan yoʻnaltirildi)

Bey shi ("Shimol tarixi" yoki "Shimoliy sulolalar tarixi") — Xitoy sulolalari tarixi; 386—581 yillarda Shim. Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: Shim. Vey (386—535), Shim. Si (550577), Shim. Chjou (557—581) tarixini oʻz ichiga oladi. Tan sulolasi tarixchisi Li Yanshou (596—678) tomonidan yozilgan. 100 szyuan (qism yoki boʻlim)dan iborat. Unda Xitoydan shim.gʻarbda yashagan qad. turkiy qavmlar haqida ham boy maʼlumotlar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bey shi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil