Anhor (qahvaxona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Anhor"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"Anhor" – qahvaxona-choyxona. Toshkentdagi Anhor sohilida qurilgan, xalq me’morligi an’analarini o‘zida aks ettirgan bino (1950, me’mor V. Dmtriyev). Dastlab bino simmetrik reja asosida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda barpo etilgan. Ovqatlanish xonasi 75 o‘rinli, to‘rida choyxona, oshxona va yordamchi xo-nalar, suvga qaragan yon tomonida ay-von bo‘lib, xo‘jalik xonalari yer osti qismiga joylashtirilgan. Binoning old tarzi nisbatlar qonuni asosida hal etilib, peshtoq tepasida bezakli guldon, ikki tomonida antefikslar, 6 ustunli peshayvonning ikki chekkasida panjara bo‘lib, o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishga ega edi.Bino qayta qurish jarayonida (1979) qishlik (120 o‘rinli) va yozlik (160 o‘rinli) bo‘limlarga ajratilib, oshxona va choyxona qismi qaytadan quriddi. Orqa tomoni 2 qavatli bo‘lib, birinchi qavatida choyxona, oshxona, somsaxona va kabobxona joylashgan, ularning mo‘risi minorasimon ishlangan. Yon qismiga (suv bo‘yida) eni 5 m, uz. 30 m li 1 qavatli ayvon ishlandi. Qishlik zalning ichki tomonini "Meblomet" firmasi (Polsha) bezagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil