Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov/Qumloq/Bosh sahifa/ASM test
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 263 192
Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati — FIFA tomonidan tashkil etilgan birinchi jahon chempionati. Turnir 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan. Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlganligi bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi. Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi. (Davomi...)
Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon — Ashtarxoniylar sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori (1611—1642), sarkarda. Imomqulixon xonlikni markazlashtirib, mamlakat mudofaasini mustahkamlashga harakat qilgan. U Buxoro xonligi hududiga shimol tomondan xavf solgan qalmoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Xonlik hududidagi bir qancha oʻzboshimcha amaldorlar va hokimlar harakatini bostirgan. Imomqulixon hukmronligi davrida Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan faol tashqi siyosat olib borgan. Jumladan, Turkiyada hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasi hukmdori Ahmad I va Murod IV, Hindistonda Boburiylar sulolasi vakillari Jahongir va Shoh Jahon, Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich bilan faol diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan. (Davomi...)
Boshqa yaxshi maqolalar: Makroiqtisodiyot • Bastian Schweinsteiger • Shaxmat qoidalari
Jahongir maqbarasi — XVII asrda Boburiy hukmdor Jahongir uchun qurilgan maqbara. Ushbu maqbaraning qurilishi 1637-yilda tugatilgan. Pokistonning Lohur shahri yaqinidagi Shohdara bogʻda, Ravi daryosi boʻyida joylashgan. Maqbara qurilishi hukmdor Jahongirshoh Nuriddin vafotidan keyin — 1627-yilda boshlangan va Boburiylar davlati deyarli butun Hindiston yarimoroli ustidan hukmronlik qilayotgan bir paytda, 1637-yilda Shoh Jahon hukmronligi davrida qurib bitkazilgan. Bino freskalar va marmar bilan bezatilgan ichki hamda parchinlar bilan bezatilgan tashqi koʻrinishi bilan mashhur. Maqbara, Akbari Saroy va Osaf Xon maqbarasi bilan birga, hozirda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ansamblning bir qismidir. (Davomi...)
Boshqa xushsifat maqolalar: Toʻrsimon model • Vali Muhammadxon • Vanadzor
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4d/PL_Wiki_Aktualnosci_ikona.svg/34px-PL_Wiki_Aktualnosci_ikona.svg.png)
- Boeing Starliner kosmik kemasi ikki astronavtni Xalqaro kosmik stansiyaga olib boradigan birinchi ekipaj parvozini amalga oshirdi (tasvirda).
- Narendra Modi uchinchi muddatga Hindiston bosh vaziri etib saylandi.
- Claudia Shienbaum Meksika prezidenti etib saylandi.
- UEFA Chempionlar Ligasi finalida „Real Madrid“ „Borussia Dortmund“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
![Bilasizmi?](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f4/PL_Wiki_CzyWiesz_ikona.svg/34px-PL_Wiki_CzyWiesz_ikona.svg.png)
- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.
![Lyudvig II Bavarskiy](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/35/Ludwig_II_portrait_by_Gabriel_Schachinger.jpg/80px-Ludwig_II_portrait_by_Gabriel_Schachinger.jpg)
- 1596 — Willem Barentsz Ayiq orolini kashf etdi.
- 1829 — „Oksford-Kembrij“ qayiqlar yoʻnalishi suvga tushirildi.
- 1871 — Amerika harbiylarining Koreyaga kelib tushishi.
- 1886 — Shifokorlar Bavariya qiroli Lyudvig II (tasvirda) aqldan ozgan deb eʼlon qildi.
- 1936 — SSSRda „Soyuzmultfilm“ kinostudiyasi ochildi.
- 1943 — László Bíró sharikli ruchkani patentladi.
- 1967 — Yaqin Sharqdagi Olti kunlik urush tugadi.
- 1992 — Oʻzbekiston Lyuksemburg va Norvegiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
- 1998 — Ostona shahri Qozogʻistonning yangi poytaxti deb e’lon qilindi.
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar