Andoza:Xushsifat maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Acquacotta.
Acquacotta.

Acquacotta — italyan oshxonasida asosan issiq bulyon asosida tayyorlanadigan nonli shoʻrva. U dastlab dehqonlarning taomi sifatida tayyorlangan. Italyanlar bu ovqatni tayyorlash va isteʼmol qilishni qadim zamonlarda boshlagan. Bu taom ilk bora janubiy Toskana va Latsio shimolidagi Maremma deb nomlanuvchi qirgʻoq hududida tayyorlanganligi aytiladi. Mazkur yegulik turi qotgan va eskirgan nonni isteʼmol qilish uchun bir vosita sifatida oʻylab topilgan. Zamonaviy davrda taom uchun foydalaniladigan masalliqlar turi koʻpayib, baʼzan qoʻshimcha mahsulotlardan ham keng foydalanila boshlangan. Shoʻrvaning „acquacotta con funghi“ va „acquacotta con peperoni“ kabi turlari mavjud. (Davomi...)