Zonnenberg qal’asi Nyusiders

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sonnenberg qal’asi (nemischa: Burgruine Sonnenberg; shuningdek, Nüziders qal’asi, nemischa: Burg Nüziders) — Avstriyaning Nüziders kommunasi (Vorarlberg federal shtati) yaqinidagi oʻrta asrlarga oid qal’a xarobalari; 1258-yildan avval qishloq ustidagi baland tepalikda qurilgan. U lord Sonnenbergning qarorgohi va shu nomdagi okrugning markazi hisoblangan. Kur yepiskopi va Tirol grafi Frederik IV oʻrtasidagi ziddiyat paytida qal’a yonib ketadi. U 1409-1410-yillarda yepiskop tomonidan qayta tiklangan va nomi „Nuciders“dan „Sonnenberg“ga oʻzgartirigan. U 1473-yilda uch kunlik qamaldan soʻng bosib olinib, yoʻq qilingan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nutsiders qishlogʻi 830-yilga oid hujjatlarda eslatib oʻtilgan, ammo 2005-yil holatiga muvofiq, oʻrta asr qal’asi eski istehkom oʻrnida qurilgani haqida hech qanday dalil yoʻq. Taxminlarga koʻra, qal’a 1258-yilgacha qurilgan. Kur yepiskopi graf Xartman fon Verdenberg-Sargans[1] va Tirol grafi Fridrix IV oʻrtasidagi toʻqnashuv paytida qal’a bosib olinib, yoqib yuborilan.

Nutsidersdagi qal’a 1409-1410-yillarda Kur yepiskopi buyrugʻi bilan qayta qurilgan va 1412-yilda „Burg Nuziders“dan „Burg Sonnenberg“ deb nomlangan. Xuddi shu davrda u viloyatning maʼmuriy markaziga aylangan. Hartmanning oʻlimidan soʻng, 1455-yilda Vaduzda yashovchi amakivachchalari Sonnenbergni sotib yuborgani. 1472-yilda Gabsburglar va mahalliy hukmdorlar oʻrtasida toʻqnashuv kelib chiqadi, natijada Burkhard fon Kneringen qoʻmondonligi ostida Gabsburg yollanma qoʻshini uch kunlik qamaldan soʻng qal’ani egallaydi. Mojaro 1474-yilda qal’a Gabsburglar tomonidan 35 000 guldenga sotilganda hal boʻladi. Qal’a qayta tiklanmagan va mahalliy aholi xarobalardan tosh manbai sifatida faol foydalangan. Qal’aning qoldiqlari XX asrda, 1934-1935-yillarda qisman tiklangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alois Niderstätter: Die Vorarlberger Burgen. Universitätsverlag Wagner, Innsbruck 2017, ISBN 978-3-7030-0953-2, S. 142-146.
  • Bundesdenkmalamt (Hrsg.): Dehio-Handbuch. Die Kunstdenkmäler Osterreichs: Vorarlberg. Koblach. Burgruin Noyburg. Verlag Anton Schroll & Co, Wien 1983, ISBN 3-7031-0585-2.
  • Kleines Vorarlberger Burgenbuch — Frans Josef Huber — 1985-yil
  • Osterreichische Burgen Bd. IV — Otto Piper — 1905-yil
  • Osterreichisches Burgenlexikon — Georg Clam Martinic — 1992-yil
  • Shtayner Zeugen — Volkmar Diet — 1995-yil
  • Österreyxdagi Von Burg zu Burg — Gerxard Stenzel — 1973-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Martin Hammerl. „Sonnenberg“ (de). burgen-austria.com. Burgen-Austria (2005-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.