Zahro Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zahro Ahmedova
Tavalludi 1955-yil
Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Zahro Raxmatovna Ahmedova (1955-yil, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, kimyo fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zahro Ahmedova 1955-yil Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan. 1976-yilda Toshkent davlat universiteti biologiya fakultetini tamomlagan. 1977—1978-yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Biokimyo institutining „Ferment preparatlari“ laboratoriyasi mudiri, prof. A. M. Bezborodov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borgan. 1979—1981-yillarda aspiranturaga kirib, professor A. M. Bezborodov va professor K. D. Davranov ilmiy rahbarligida zamburugʻlarning lipolitik fermentlari va ular faolligini ingibirlovchi oksillarni izlash, topish, tavsiflash ishlari natijasida 1984-yilda nomzodlik ishini himoya qilgan[1]. 1989-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi G. K. Skryabin nomidagi Mikroorganizmlar fiziologiyasi va biokimyosi institutiga stajirovkaga yuborilgan. 1991-yilda ushbu institutga maqsadli doktoranturaga yuborilgan. 2003-yildan 2021-yilga qadar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti „Mikroorganizmlar fermentlari“ laboratoriyasi mudiri, 2021-yildan shu kunga qadar esa „Tabiatni muhofaza qilish biotexnologiyalari“ laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliayati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda biokimyo va biotexnologiya ixtisosliklari boʻyicha „Bazidial zamburugʻlarning selyulolitik ksilanolitik, ligninolitik ferment sistemalari va ularning lignosyellyuloza substratlari gidrolizidagi oʻzaro munosabatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Zahro Ahmedovaning asosiy ilmiy yoʻnalishi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika sanoatining barcha tarmoqlarini biologizatsiya yoʻnalishiga oʻtkazish, oziq-ovqat va inson salomatligini saqlash borasida bioxavfsizlikni taʼminlash, kimyoviy vositalar, moddalar, mineral oʻgʻitlar sarfini kamaytirish yoki batamom voz kechish, atrof-muhit himoyasi va ekologik muvozanatni saqlash, mikroorganizmlar va ulardan olinadigan noyob biologik moddalarni tahlil qilish va ishlab chiqarish, amaliyotga keng tatbiq etishdan iboratdir. Ilmiy faoliyatining daslabki yillaridanoq Zahro Ahmedova tarafidan dunyo miqyosida birinchi marotaba tabiiy oqsil+oqsil oʻzaro taʼsiri, munosabatlari, oʻrganilib, ularning mikrob hujayrasida yogʻni parchalovchi lipaza fermentining turli formalarini hosil boʻlish mexanizmi ochib berilgan va ushbu nazariya kasallangan inson toʻqimalaridagi nekrotik hujayralarni, jarrohlik septik yaralarini davolash uchun proteolitik fermentlar ingibitorini yaratishga asos soldi. 2018-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan[2]. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi oʻtkazilgan „Oʻzbekiston xotin-qizlarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihalari“ respublika tanlovida faol ishtirok etib, „Eng yaxshi sanoat namunasi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan[3]. 550 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya, 1 ta darslik, 6 ta ixtiro, 170 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʻlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʻat, maʻnaviyat va maʻrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2018-yil 28-avgust). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  3. „O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovi g’oliblari taqdirlandi“ (2019-yil 28-fevral). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]