Yuz yillik urush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuz yillik urush (13371453) — Angliya va Fransiya oʻrtasida Giyen (12-asrdan inglizlar mulki), Normandiya, Anju (inglizlar tomonidan 13-asrda qoʻldan boy berilgan), Flandriya uchun boʻlgan urush. Angliya qiroli Eduard III (Fransiya qiroli Filipp IV ning nevarasi) ning Fransiya taxtini daʼvo qilishi bahona boʻlgan. Angliya Sleyse (1340), Kresi (1346), Puatye (1356) yaqinidagi janglarda gʻolib chiqqan. 1360 yil Bretanda tuzilgan bitim Fransiyaning kattagina hududi Angliyaga oʻtganligini tasdiqladi. 14-asrning 70-y.larida inglizlarning deyarli hammasi Fransiyadan haydab chiqarildi. Biroq Azenkur yaqinidagi gʻalabadan soʻng (1415) inglizlar burgundiyaliklar bilan hamkorlikda Fransiyaning shim.ni bosib olgan. Ingliz bosqinchilariga qarshi xalq kurashiga Janna D’Ark rahbarlik qilgan. Uning boshchiligida fransuz qoʻshinlari 1429 yil Orlean qamalini yorib oʻtgan. Yu.y.u. inglizlarning Bordoda soʻzsiz taslim boʻlishlari bilan tugagan (1453). Angliya Fransiya hududida faqat Kale shahrinigina qoʻlda tutib qolgan (1558 yilgacha). Yu.y.u. markazlashgan fransuz davlatining qaror topishida muhim bosqich boʻlgan.