Yoqub Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saidov Yoqub — 6463-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm etilgan, 1903-yili tug‘ilgan. Xonqa rayoni Katta Jo‘rmiz qishloq sovetidan, sobiq quloq, 1931-yili banditligi uchun 5 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan. Doimiy ravishda mag‘lubiyatchilik xarakteridagi targ‘ibot olib borganlikda, sovet hokimiyati va uning vakillari sha’niga haqoratli so‘zlar aytganlikda, aholini terror qilganlikda, ayrim faollarni kaltaklaganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 79 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.